Apelsinli keksKerakli masalliqlar:1.3 dona tuxum
2.6 qoshiq shakar
3.0.5 stakan apelsin suvi (men marmelat soldim)
4.1/3 stakan yog’
5.0.5 apelsinni maydalangan po’sti (men solmadim, chunki apelsinim yo’q edi)
6.1 paket vanilin 8gr
7.1 paket xamir oshiruvchi (razrıxlitel’) 10 gr
8.12 qoshiq to’la to’la qoshiq un
Sharbati uchun:1.0.5 stakan apelsin suvi
2.4 qoshiq shakar
3.1 dona apelsini maydalangan po’sti
Tayyorlanishi:Tuxum va shakarni bir idishda yaxshilab ko’pirtiramiz. Apelsin suvi, yog’ va apelsin po’stini solamiz, qorishtiramiz. Un, vanilin, xamir oshiruvchilarni idishimizdagi masalliqlarga qo’shib, qoshiq bilan aralashtiramiz. Oldindan isitilgan 165 darajali duxovkada keksimizni pishiramiz. Keks pishguncha kichkina idishda sharbat masalliqlarini solib bir necha daqiqa qaynatamiz. Keks pishgandan keyin cho’pchalar bilan teshiklar ochamiz va issiq keksimizni ustiga to’kamiz. Sovuguncha kutgandan keyin ustiga Hindiston yong’og’i maydalari sepishingiz mumkin, men unuttim
Osh bo'lsin...