Tiramisu (Oktay ustaning ta'riflariga ko'ra)  ( 2708 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  26 Fevral 2012, 12:43:59


Qayd etilgan


Ansora  26 Fevral 2012, 12:44:29

Masalliqlar:

4 dona tuxum
1 stakan (200 gr) shakar
2 qoshiq kakao (kakaoning sifati muhim, agar rangi ochiqroq chiqishi mumkin, desangiz 3 qoshiq soling)
3 qoshiq sovuq suv (Turk choy stakanini yarmi)
1 paket razrıxlitel'
4 qoshiq un

Kremi uchun:

1 litr sut
1 stakan shakar
4 qoshiq un
1 dona tuxumning sarig'i
1 paket vanilin 8gr
1 paket 200 gr Labne (plavlennıy myagkiy sır)

Keksni xo'llash uchun:

2 qoshiq shakar
2 qoshiq yirik qahva (Men Turk qahvasi ishlatdim)
1 stakan issiq suv

Ustiga kakao

Tayyorlanishi:

Keksi uchun shakar bilan tuxumni mikserda 3-4 daqiqa aralashtiramiz. Kakao, sovuq suv, razrıxlitel' va unni solib aralashtirishda davom eting.

Yog'langan keks qolibiga toking. Oldindan 170 C da isitilgan duxovkada pishiramiz. Kremi uchun sut va shakarni olovda pishirishga boshlang. Tuxum sarigi, vanilin va unni solib pishirishda davom eting, muttasil aralashtiring. Qoyiq aralashma hosil boladi qaynagandan keyini olovdan oling.

Krem biroz iligandan keyin plavlenniy sırni solamiz, mikserda bir aralashtirib olsangiz ham boladi, bolmasa razbivalkada.

Keks biroz iligandan keyin qolibidan chiqaring. 3 ga bolamiz. Bosh keks idishiga ilk qavatni qoyamiz.

Shakar va qahvani issiq 1 stakan suvda eritamiz. Keksiminiz ilk bolagiga surtib chiqamiz. Kremning 3/1 ni yoyamiz. Qolgan keks bolaklariga ham qahva suvini surtib, kremini yoyib chiqamiz. Tayyor bolgandan keyin muzlatgichga kamida 2 soat qoyamiz. Men kechqurun qildim, ertalab yedim:)

Tiramisuni ikrom etmasdan oldin kakaosini sepib, kesamiz.

Yoqimli ishtaha:)

Qayd etilgan