Ato ibn Raboh aytadilar: "œIbn Umayr bilan Oyishaning (r.a.) huzuriga kirdik. U Oyishaga "œRasulullohdan (s.a.v.) ko’rganingiz ajoyib bir narsa gapirib bering", dedi. Shunda Oyisha yig’lab yubordilar va aytdilar: "œU zot bir kechai turib: "œEy Oyisha, meni holi qo’y, Rabbimga ibodat qilaman", dedilar. Men: "œAllohga qasamki, sizning yoningizda bo’lishni yaxshi ko’raman, shuningdek, sizni quvontiradigan narsani ham yaxshi ko’raman", dedim. U zot (s.a.v.) turib tahorat oldilar, keyin namozga qoim bo’ldilar. Shunda tinimsiz yig’layverdilar, ko’kraklari ho’l bo’lib ketdi, yana yig’layverdilar, yer ho’l bo’lib ketdi. Keyin Bilol azo aytgani keldi. U zotning (s.a.v.) yig’layotganlarini ko’rib: "œSiz yig’layabsiz, holbuki, Alloh avvalgi va oxirgi gunohlaringizni kechirgan-ku?" dedi. U zot (s.a.v.): "œShukr qiluvchi banda bo’lmayinmi? Bu kecha menga shunday oyatlar indirildiki, ulardagi narsani tafakkur qilmagan odamga vayl bo’lsin" dedilar va "œOsmonlar va yerning yaralishida"¦" oyatini oxirigacha o’qidilar".
Ibn Hibbon rivoyati