Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deb aytganlarini eshitdim: «Bir mahal men uxlab yetgan erdim, tushimda o’zimni bir quduq labida ko’rdim, o’l yerda chelak bor erdi. Men chelakni olib, Olloh taolo iroda qilgancha quduqdan suv tortib oldim. Sung, chelakni Ibn Abu Qahhofa (ya’ni, Abu Bakr asSiddiq raziyallohu anhu) olib, quduqdan bir (yeki ikki) chelak suv tortib oldilar, ammo ul kishining tortipshari zaif bo’ldi (ya’ni, kam so’v tortib oldilar). Olloh taolo ul kishini buning uchun mag’firat qilsin! Keyin, chelak katta bir idishga aylandi. Uni (Umar) ibn alХattob (qo’liga) oldi. Men odamlar orasida Umarchalik (ko’p so’v) tortib oladirgan baqo’vvat, mohir odamni ko’rgan ermasman. (U shul qadar kup suv tortib oldiki), hatto odamlar (quduq atrofiga tuyalari uchun) qo’ralar qurdilar». (Ya’ni, ushbu hadisda Janob Rasululloh Abu Bakrning o’z xalifalik davrlarida musulmonlar orasidagi ixtiloflarni bartaraf qilish birlan ovora bo’lib qolib, kofirlarga qarshi kam g’azot qilishlarini, Hazrat Umarning ersa ul kishiga nisbatan ancha ko’p fath qilishlarini bashorat qildilar).
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimda kim kibruhavo birlan kiyimi etagini (yerga tekkizib) sudrab yursa, Olloh taolo unga Qiyomat kuni (rahmat) nazarini tashlamaydi», — dedilar. Shunda Abu Bakr: «Agar kiyimimning: etaklaridan biri (ya’ni, etagining bir tomoni) uzim bilmagan holda osilib (yerga tegib) qolsachi?» — dedilar, (chunki ulkishi ozg’in erdilar). Janob Rasululloh: «Siz buni kibruhavo birlan qilmaysizku!» — dedilar».
Abu Хurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Kimki Olloh taolo yulida nimaiki bo’lmasin, bir juftdan sadaqa qilsa, (Qiyemat kuni): «Ey Ollohning bandasi, bu qilgan xayru ehsonlaring uchun ato etilgan savoblardan biridur!» — deb (jannatning barcha) darvozalaridan chaqiriladi. Kimki namoz ahlidan bulgan bulsa, namoz darvozasidan, kimki jihod ahlidan bulgan bulsa, jihod darvozasidan, kimki sadaqa ahlidan bulgan bulsa, sadaqa darvozasvdan va kimki ruza ahlidan bulgan bulsa, ruza darvozasidan («Rayyon» nomli darvozadan) chaqiriladi» — deb marhamat qilganlarini eshitdim. Shunda Abu Bakr: «Barcha darvozalardan chaqirilguvchi kishi uchun (buning) ziyeni yuqdur, (aksincha bu Olloh taolo unga kursatgan izzatu ikromning belgisidur). Yo Rasulalloh, bir kishi ushal barcha darvozalardan chaqiriladimi?» — dedilar. Ul zot: «Ha, shunday. Ey Abu Bakr, men sizning barcha darvozalardan chaqirilguvchi kishilardan biri bulmogangizni istarman!» — dedilar».