Rivoyat qilinishicha, Qurbon hayiti kunlarining birida Nabiy alayhissalom Abu Bakr roziyallohu anhu, Umar roziyallohu anhu va boshqa sahobalar bilan birga o’tirgan edilar.
Abu Bakr roziyallohu anhudan: "œQurbonlikka nima so’ydingiz?" — deb so’radilar.
Abu Bakr roziyallohu anhu: "œBir shohdor qo’chqor", - deb javob berdilar.
Umar roziyallohu anhudan so’raganlarida, ular ham shunday qo’chqor so’yganlarini aytdilar. Undan so’ng Bilol Habashiy roziyallohu anhudan so’radilar.
Bilol Habashiy roziyallohu anhu esa: "œEy Allohning Rasuli, men bir faqir kishi bo’lsam, nima ham so’yardim. Topganim faqat bomdodda qichqiradigan bir xo’rozdir, men o’shani qurbonlik qildim", - deb aytdilar.
Nabiy alayhissalom bir jilmayib qo’yib: "œMuazzin muazzinni qurbonlik qilibdida", - dedilar. Buni eshitgan atrofdagilar kulib yuborishdi.
Islom nuri gazetasidan olindi