Bola ushbu davrda toliqishi, asabiylashishi, uyqusi buzilishi va ishtahaning bo'g'ilishi bilan kechadi. Toshmalar toshishi yakunlangandan so'ng yana bir -ikki hafta davomida terida saqlanib qoladi. Odatda ulardan vaqt o'tgan sari izlar qolmaydi. Lekin bola yaraga infeksiya kiritib qo'ysa, u holda izlar qolish ehtimoli mavjud. Shu sababli bolani yaxshilab kuzatib, infekciya kirmasligi uchun uni doim kuzatib turing. Qichishgan yarachalarda yiringlar paydo bo'lib, ma'lum asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bolaning tuzalishi taxminan kasallangandan taxminan 10-kun bo'lishi mumkin. Virusning tarqalishi pufakchalarning qurishi bilan to'xtaydi. Odatda suvchechakdan asoratlar qolmaydi. Kasallikni aniqlash ham unchalik qiyin kechmaydi.
Odatda suvchechak uy sharoitida davolanadi. Bolani kasalxonaga joylashtirishni albatta vrach belgilaydi.
Uy sharoitida maxsus muolajalar talab etilmaydi. Bola albatta yotishi zarur bo'lib, bu taxminan 6-7 kunni egallaydi. Va ushbu kasallik kechishi davrida to'shak va yostiqlarning jildini almashtirib turish maqsadga muvofiqdir. Bola ko'p suyuqlik ichishi zarur. Parhez ham muhim ahamiyatga ega. Bu o'rinda sutli, o'simlik mahsulotlari o'rinlidir (sutli bo'tqalar, qirg'ichdan o'tkazilgan sabzavotlar, mevalar va meva soklari)
Pufaklarda yiring qatlamining paydo bo'lmasligi uchun ularni kuniga 2 marotaba brilliant zelenkasi va margansovkaning to'q suvi bilan qayta ishlash muhimdir.
Har bir muolajani albatta vrach bilan maslahatlashish va uning nazorati ostida davolanish o'rinlidir.
manba:
http://bolajonim.doira.uz