655/3. Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Anas roziyallohu anhuning «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari uxlab, so‘ngra namoz o‘qib, tahorat qilishmas edi», deb aytganlarini eshitdim», deganlarida, Shu’ba roziyallohu anhu: «(Haqiqatda) Anas roziyallohu anhudan eshitdingizmi?» dedilar. Shunda Qatoda: «Ha, Alloh nomiga qasam, eshitdim», dedilar.