* * *
Da’vat yo‘lida yana bir odim qo‘yildi. Janobimiz:
«Bas, siz o‘zingizga buyurilgan ishni yuzaga chiqaring va mushriklardan yuz o‘giring!» (Xijr surasi, 94.) amrini oldilar.
Endi ishni yashirincha yuritish davri tugagan edi. Yaqinuzoq, tanishnotanish hamma kishilar bu da’vatdan boxabar bo‘lishi kerak edi.
Nabiyi Akram janobimiz maqsadlarini amalga oshirish uchun makkaliklar eng muhim ishlarni bajarishda tutadigan yo‘lni tutdilar. Ka’ba yaqinidagi Safo tepaligiga chikdilar, qo‘llarini quloqlarita qo‘ydilar va bor ovozlari bilan:
— Yo sabaxax, yo sabaxax!.. — deb baqirdilar. Muhim bir muammo yuzaga chiqqani hammaga ma’lum bo‘ldi. Makkaliklar Ka’ba atrofiga to‘ilana boshladilar. Kela olmaganlar odam jo‘natishdi.
Rasululloh (s. a. v.) atroflarini o‘rab olgan ommaga xitoban:
— Ey qurayshliklar, sizlarga shu tog‘ning etaklarida bir suvoriy qo‘shini hujum qilishga tayyor turganini aytsam, menga ishonasizlarmi? — dedilar.
Taraddudlanmay javob berishdiki:
— Sening yolg‘on gapirganingni hali shu paytgachaeshitmadik, yo Amin! Albatta, ishonamiz!
— U holda, ma’lumingiz bo‘lsinkim, men sizlarga buyuk, og‘ir va mashaqqatli azobning kelishidan oldin yetishgan bir xabarchiman. Sizlarni Ollohdan boshqa hech bir ma’budning yo‘qligiga va men Uning Rasuli ekanligimni qabul etishga da’vat qilaman. Agar qabul etsalaringiz, jannatga kirishingizga to‘la kafolat beraman. Qabul etmasangizlar, sizlarga bu dunyoda ham, oxiratda ham foyda berolmayman! (Imom Muslim. 4/1877.)
Shu on uning so‘zi bo‘lindi. Eng oldingi qatorlardan birida turgan soqolli odam yerdan bir tosh olib, unga qarata otdi:
— La’nat senga, qo‘llaring akashak bo‘lgur, bizni shuning uchun bu yerga to‘pladingmi?! — deb hayqirdi.
Kim bo‘ldi bu odam? Kim bo‘lardi? Payg‘ambarimizning amakilari, yana o‘sha Abu Lahabda. Amakiliriki shunday munosabat bildirarkan, begona kishilardan nima ham kutib bo‘lardi? Kelganlar, boshlari egik holda, tarqaldilar. Holbuki, oralaridan mard bir yigit chiqishi kerak edi, va:
¾ Darhaqiqat, sendan hech mahal yolg‘on gap eshitmadik. Ammo bu daf’a abadiy saodatga erishish yoki undan mahrum bo‘lishday bir muammo qarshisida turibmiz. Ollohning payg‘ambari ekanligingni qanday isbot qilasan? — deyishi kerak edi.
Qaerga boshlasa, o‘sha tomonga ketaveradigan olomon emas, nima qilayotganini, nimalar qilishi lozimligini biladigan, bilishni istaydigan insonlar jamoasi ekanliklarini ko‘rsatishlari, javob va isbot talab etishlari kerak edi. Qisqasi, Abu Lahabning bu xattiharakati bu yig‘inning tarqalib ketishiga sabab bo‘lmasligi darkor edi.
Buyuk Payg‘ambarimiz (s.a.v.) u yerni o‘ta g‘amgin ravishda tark etdilar.