Bir tonna kartoshkadan bir yuz qirq kilogramm ohori (kraxmall) yoki to’qson besh litr spirt olish mumkin. Kartoshkada o’rtacha 73-80 foiz suv, 14-24 foiz ohori bo’ladi. O’rtacha kattalikdagi bir dona kartoshka tarkibida temir va kaliy bo’lib, bir dona olmadan foydalidir.
Koinotdagi eng yorqin yulduzlardan biri Antaresdir. U bizning Yerdan 125 million marta katta bo’lib, asosan suyuq gazlardan iborat.
Kuchli momaqaldiroqdan keyin har kvadrat gaz yer yuzasiga 50 va undan ortiq kilogramm yomg’ir yog’adi. Agar kamida ikki kvadrat chaqirim joyda jala quysa, bir necha daqiqa ichida 100 ming tonnaga yaqin yomg’ir tusharkan. Gidrologiya mutaxassislarining hisobiga ko’r, har yili quruqlikka 100.000 kub-chqirim suv tushadi. Har bir kub-chqirim suvning vazni esa bir milliard tonnaga yetadi. Bundan ham ko’proq yomg’ir va qor dengiz va ummonlarga yog’adi.