«Ey, bu qadar saxiylik qilinmaydi!» — debdi. Xayrni ko’p qilib yubording, deb unga tashlanibdi. U esa: «Amaki, bilaman, siz otamning do’stisiz. Ammo, qarang, otam vafot etdilar», — debdi. Ya’ni «Inson o’lib qolishi mumkin, xayru hasanot qilish lozim! Otam o’ldi, sen otamning do’stisan, sen ham o’lasan bir kun, shuning uchun sen ham xayr qilgin!» — demoqchi bo’libdi. U ham gap nima haqida ekanligini tushunib:
«Jim bo’l, meni o’lim bilan qo’rqitma!» — debdi.
«Ustoz, Allohning ibratli ishiga qaraginki, bir necha kun o’tdi. Shahar o’rtasidagi eng qimmat, bir metr joyi million lira foyda beradigan joyda do’koni bor edi. Hokimiyatdan kelib, uni chiqartira boshladi», — dedi. Senmiding hali boshqalarning xayriga monelik qilib, bajarmaydigan? Qara-chi, qo’lingdagi do’koning qoldimi? Hukumat olib qo’ydi. Evaziga qancha berdi? Arzimagan pulni beradi. Shunga o’xshash kimlardir birovlarning berayotgan zakotiga to’sqinlik qiladi.
6. (Va a’kilur ribo). Foiz — ribo yeydigan. Foiz oluvchi, foiz beruvchi, foiz yeyuvchi. Bu toifa ham jahannamga kiradi.
7. (Va sha’ribul xamr). Ichkilik, aroq ichuvchi. U ham jahannamga kiradi.
8. (Va zolimil yatim). Yetimga zulm qilgan. Ota-onasi, qarovchisi yo’q deb urib tepib, ham molini sarflab, ham o’ziga zulm qilgan kimsa ham jahannamga kiradi.