Abdulaziz: Ko'nglimda qabrlar bisyordir, degan iborani qanday tushunasiz?
Ajoyib savol. Birdaniga javob berish juda qiyin ekan.
Ko'ngil bu insonning hayr va sharri to'qnashadigan, insoniylik xususiyatlari jamlangan maskan. Qabr esa o'lim darakchisi.
Bu narsa bir yoqlama qaraganda shunday.
Aslida esa qabr asosiy vatanga bir ko'prik xolos.
"Ko'nglimda qabrlar bisyor" hikmatini biryoqlama tushunsak, qalbimga ko'mib qo'ygan armonlarim, orzularim ko'p degan ma'no ham kelib chiqadi.
Agar kengroq ma'noda tushunadigan bo'lsak, kqalbimda o'priklar bisyor: ular qayerga olib boradi bilmayman: bu ko'prik Alloh rizosiga olib boradimi yoki undan uzoqqa...
Xullas, Hozir aqlimga kelganlari shular bo'ldi. Yana o'ylab yaxshi fikrlar kelib qolsa yozib yuborarman.