2.Hazrati Umar r.a.ning o'z qizlarini ko'mishlari va iymonga kelishlaridagi hodisotlar.
Bunday hodislara ko'p, lekin bu hodisani yuz marta o'qigan bo'lsam ham, har gal yig'latadi...
Istalgan sahobiyning hayoti inson uchun yig'lashga arzigulik taassurotlarga boydir. Uning mustahkam iymoni, haq yo'lida aytgan gaplari, qilgan ishlari... Ularni o'qib, eshitib yig'lay boshlaydi, musulmon.
Lekin umrlari mobaynida o'sha mudhish voqeani eslab ho'ng-ho'ng yig'lagan, "Otajon, agar meni o'ldirsangiz, soqolingizni kim tarab qo'yadi, uning changini kim artadi?" deya yolvorib, ko'zlari yonib turgan ma'sum qizalog'ini ham qo'llari bilan yerga ko'mgan Hazrati Umar haqidagi ushbu hikoyani har gal o'qiganimda, eshitganimda... yig'layveraman.
Bir akaxonimiz bor. Ularning hikoyalari: "Saodat asri qissalari" yangi chiqqanda shunchalik qiziqib ketdimki, uni metroda ham, yurgan yo'limda, bozorda ham o'qib yurdim. Metrodan chiqib, bozor oralab masjidga ketayotgan paytimda Hazrati Umarning qizaloqlarini o'ldirish voqealariga keldim... Uni o'qiyapman-u, ko'zimdan yosh aslo to'xtamas, hikoyani oxirigacha arang o'qib oldim. So'ng bir chetga o'tdim-da, ho'ng-ho'ng yig'lay boshladim... Odamlar esa bu jinnimi deya menga qarab-qarab ketayotganini o'shanda sezmagan ham edim..."