Xa afg'on xalqini juda qo'pol, madaniyatsiz, ilmsiz qilib ko'rsatishgan.
Filmda Islomga noxolislik oqibatida yuzaga kelgan kadrlar:
- Asirlarga Qur'onni majburlab arab tilida o'qitishadi. Hatto, buning uchun kaltaklashadi. Vaholanki, Islomda majburlash yo'q.
- Asirlarga qo'pol munosabatda bo'lishadi. Ularni doim kamsitishadi. Vaholanki, Islom asirlar uchun xonadon vakillaridek, balki ulardan ham ortiq muomalaga o'rgatadi. Rasululloh s.a.v.: "asirlarga o'zingizning sevimli taomnlaringizni yediringlar" (ma'nosi) deb ta'kidlaganlar.
- Eriga xiyonat qilgan ayolni omma oldida granata bilan portlatishadi. Vaholanki Islom shariatiga ko'ra, xiyonat qilgan ayolning ushbu jinoyatiga 4 kishi guvohlik berishi, qozi vaziyatni o'rganib, qaror berib boshlab bergandan so'nggina toshbo'ron qilinadi. Ushbu ijroning shartlari qiyin bo'lganligi uchun ashobi kirom davrida ham 2-3 marta ijro etilgan xolos.
- Fotosuratlarni butkul haromga chiqarib, asirni kaltaklanadi. Vaholanki, shariat doirasida esdalik uchun rasmga tushishga shariat ruxsat beradi.
- Ayollarning butkul niqoblanishi - eng oliy "shariat" sifatida baholanadi. Vaholanki, Islom shariati, ayolning yuzi, kaftini ochib yurishiga ruxsat beradi.