FOROBIY Abu Nasr (873-950) - o‘rta osiyolik qomusiy olim, faylasuf. Sirdaryo qirg‘og‘idagi Forob sh.da tug‘ilgan. Buxoro va Samarqandda o‘qidi. Eron shaharlarida bo‘ddi. O’rta asr fani hamda tillarni o‘rgandi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilni bilgan. Aristotel va Platon asarlarini sharhlab bergan. Sharq mamlakatlarida ulug‘lanib "Ikkinchi muallim", Shark Aristoteli deb nom olgan. U tibbiyot matematika, filologiya, musiqashunoslik, mantiq, axloqshunoslik, davlatshunoslik, falsafa va b. sohalar bo‘yicha 160 dan ortiq asar yozib qoldirgan. F. fikricha, olam - yagona mavjudot, Alloh hamma narsaning ibtidosi, barcha vujudlar uning emanatsiyasi (nurlanishi) asosida kelib chiqadi. "Fozil shahar aholisi" asarida qayd etishicha, faqat xudo o‘z zotiga ko‘ra tafakkur qiladi va tanho Ugana eng yaxshi ilmlarni biladi. Nazariy hikmat xudo zotini bilish ilmi bo‘lmay, balki U yaratgan narsalar haqidagi ilmdir va shu yaratilgan narsalarga qarab Uning jamolini, qudratini, hikmat va adolatini bilish mumkin. F. fikricha, aqd shariatning tayanchi va madadkori bo‘lib, mohiyatan u b-n birdir. Shariatni tushunish uchun akd ishlatish zarur. Inson tasavvuriy quvvat orqali erishishi mumkin bo‘lgan "eng mukammal bosqich" payg‘ambarlik bo‘lib, payg‘ambarlikning "eng mukammal bosqichi" tasavvuriy quvvat vositasida hosil qilinadigan vahiydir. "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Baxt-saodatga erishuv haqida" va shu kabi asarlarvda barcha aholini baxt-saodatga, ilm-ma’rifatga olib boruvchi, ularni komil inson qilib tarbiyalovchi ideal jamoa haqidagi fikrni olg‘a surdi. F.ning diniy, falsafiy qarashlari keyingi davr olimlariga muhim ta’sir ko‘rsatdi.