Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum! Aziz Adminimiz AbdulAziz aka va forumimiz faollari!
Men shu kungacha bunaqa tashabbus borligini bilmay yurgan ekanman. Olloh sizlardan rozi bo'lsin, Ilohim.
Men ham shu tenderda qatnashish ilinjida edim, menga ham bironta kitob bersalaringiz, vaqt topishim bilan, komputerda terib berar edim. Savobni katta kichigi bo'lmaydiku, axir.
Men ziyouz kutubxonasidan juda adabiyotlarni, romanlarni, qissalarni komputerimga saqlab olgan edim. Vaqtim bo'lganda o'qib, maroq olib va shu kitoblarni internetga qo'ygan, elektron kitob shakliga keltirgan kishilardan minnatdor bo'lib, duo qilib qo'yardim. Men juda ham hayron bo'lardim, chet elda, men ta'lim oladigan joyda, barcha elektron kitoblar pullik, ziyouzda pullik degan gapni ko'rmadim. Olloh sizlardan rozi bo'lsin,Ilohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!