Assalomu alaykum!
Qizla, avtobus, tarnvay, metroga chiqsela o'ziladan kotta bolaga nega joy bermisila?
V.assalom. Fotimaxon, biz u bu deymiz-u yana Xudoga minglab shukrlar bo'lsinkim, haliyam O'zbekistonimizda (bazilaridan tashqari) insonlar orasida jamoat transportida bir-biriga hurmat bor.
Men ham o'zimizni odob-ahloqimizni Turkiyada davom ettiraman, deb bazan juda yomon holatlarga tushganman. Nima deysiz endi, İstambulda 72 hil millat yashaydi, deyishadi.
Bir kuni oq soqolli otaxonga joy beraman, deb o'rnimadan turib, otaxonga aytgunimcha yoshi 35-40 lardagi akaxon "shap" etib o'tirib oldi. Men otaxon o'tirsinlar, desam: U mendan sendan kuchli, oq soqoliga qarama, desa bo'ladimi
Yana bir kuni poroxodda 70 yoshlardagi xolajonga joy bersam, qizim siz ishdan, o'qishdan charchab kelyabsizlar, men endigina uydan sayr qilgani chiqdim, deb yelkamdan ushlab yerimga o'tirg'izib qo'ydilar
Shundan keyin e bor-eee dedim, men ham unchalik e'tibor bermaslikka harakat qildim, nima qilay boshqa.....