PULSARLAR, PULSAR YULDUZLAR
Osmon va Toriq bilan qasamyod etaman. (Ey Muhammad!) Siz Toriq nima ekanini qaerdan ham bilar edingiz?! (U qorong‘ilikni) teshuvchi yulduzdir. («Toriq» surasi, 1-3-oyatlar)
86-suraning nomi «Toriq» so‘zi «torq» o‘zagidan kelib chiqqan bo‘lib, uning asosiy ma’nosi tovush chiqarish uchun yetarli darajada urish demakdir. Bu so‘z anglatishi mumkin bo‘lgan ma’noni («urmoq», «qattiq urmoq») hisobga olib, bizning e’tiborimiz bu suradagi muhim bir ilmiy faktga qaratilayotgan bo‘lishi mumkin. Bu ma’lumotni tahlil qilishdan avval, keling, bu yulduzlarni tasvirlash uchun oyatda ishlatilgan boshqa so‘zlar bilan tanishib chiqaylik. Yuqoridagi oyatda qayd etilgan «vat-tooriqi» so‘zi tunni teshuvchi, qorong‘ilikni teshib o‘tuvchi, tunda bunyodga kelgan, teshib o‘tib ketadigan, uruvchi, zarb beruvchi yoki o‘tkir yulduz degan ma’nolarni anglatadi. Shuningdek, «va» so‘zi diqqatni qasamyod etilayotgan narsalar: osmon va Toriq jalb qiladi.
1967 yilda Kembrij universitetida Joselin Bell Burnell tomonidan amalga oshirilgan izlanish yordami bilan muntazam radio signali aniqlandi. Biroq mana shu paytgacha, xuddi yuraknikiga o‘xshash, muntazam puls yoki urish manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan samoviy jismlarning mavjudligi hali fanga ma’lum emas edi. Ammo 1967 yilda astronomlar shu narsani ta’kidlashdiki, o‘z o‘qi atrofida aylanishi bois, yadrodagi materiya zichlashib borishi tufayli yulduzlarning magnit maydonlari ham kuchayib boradi va shu tarzda o‘z qutblarida Yernikiga nisbatan 1 trillion marta kuchliroq magnit maydonini hosil qiladi. Astronomlar juda tez va bunday qudratli magnit maydoni bilan aylanayotgan jism, har bir aylanishida, konus shaklida juda kuchli radioto‘lqinlardan iborat nurlar chiqarishini tushunib yetishdi. Shundan so‘ng bir oz vaqt o‘tgach, bu signallarning manbai neytron yulduzlarning tez aylanishi ham ekanligi tushunib yetildi. Yangi kashf qilingan neytron yulduzlari «pulsarlar» degan nom oldi. O’ta yangi yulduzlarning portlashlari orqali pulsarlarga aylanadigan yulduzlar juda katta massaga ega bo‘lib, koinotdagi eng yorug‘ va eng tez harakatlanuvchi jismlar hisoblanadi. Ba’zi pulsarlar bir soniyada 600 martagacha aylanadi.51