Savol: — Allohning bandalar ustidagi haqi nima?
Javob: -- Bandalarning Allohga ibodat qilishlari (sig‘inishlari), bandachiliqtsa Allohga hech kim va hech narsani sherik qilmasliklari (shirk keltirmasliklari) Allohning bandalar bo‘ynidagi haqidir. Bandalar shunday qilsalar, ularning gunoxlarini mag‘firat qilish va ularga ajru savob berish bandalarning Alloxdagi haqlaridir. Chunki, Alloh mo‘minlardan rozi bo‘ladi:
«(Ey, Muhammad,) darhaqiqat, Alloh mo‘minlardan — ular daraxt ostida sizga bay’at (qasamyod) qilayotgan vaqtlarida - rozi bo‘ldi...» (Fath, 18, mazmuni). Iblisdan esa Alloh g‘azabnok bo‘lgan. Allohning: «...Nimani xohlasangizlar, o‘shani qilaveringizlar!..» (Fussilat, 40, mazmuni) degan oyati va’id oyatlaridandir.
«Rabbingiz Uning O’zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi» (Al-Isro, 23, mazmuni).
«Samud (qabilasi) esa, bas, ularni (to‘g‘ri yo‘lga) hidoyat qilgan edik, ular hidoyatni qo‘yib, ko‘rlikni (zalolatni) sevib qoldilar...» (Fussilat, 17, mazmuni), (biz ularga zafar ato etgan va bayon qilgan edik).
«Bas, xohlagan kishi imon keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo‘lsin» (Kahf, 29, mazmuni). Bu va’id oyatidir.
«Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim» (Vaz-zoriyot, 56, mazmuni). Ya’ni, Meni yakkayu yagona deb atashlari uchun yaratganman, de-yilmoqtsa. Lekin hamma narsa, yaxshisi ham, yomoni ham, shirini ham, achchig‘i ham, foydasi ham, zarari ham Allohning yaratishi bilan bo‘ladi.
«Mabodo Biz ularga farishtalarni tushirsak va o‘liklar (tirilib) ularga gapirsa hamda hamma narsani kafil sifatida ularga (ularning muqobiliga) jam qilganimizda ham Alloh xohlaganidan boshqalari imon keltirmagan bo‘lar edilar...» (An’om, 111, mazmuni).
«Agar Rabbing xohlasa edi, Yer (yuzi)dagi barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan bo‘lur edilar. Bas, siz odamlarni mo‘min bo‘lishga majbur qilasizmi?! Allohning iznisiz hech bir jon (egasi) imon keltira olmas...» (Yunus, 99—100, mazmuni).
«Agar Rabbingiz xohlaganida edi, (barcha) odamlarni bir ummat (bir din) qilgan bo‘lur edi. (Ular) mudom turlicha (har xil e’tiqodda) bo‘lib borurlar. Rabbingiz rahm qilgan kishilar esa bundan mustasnodirlar...» (Hud, 118— 119, mazmuni), ya’ni, Allohning xohishi bilan. Alloh ularni shuning uchun yaratgan.
«..."Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroqlashinglar", (degan vahiy bilan) paygambar yuborganmiz. Shunda ular orasida Alloh hidoyat qilganlari ham, shuningdek, yo‘ldan ozishligi qat’iy bo‘lganlar ham bo‘lgan...» (Nahl, 36, mazmuni).
«Alloh xohlaganinigina sizlar xohlaysizlar», ya’ni, Alloh taqdir qilganini xohlaysizlar.
Shuayb alayhissalom dedilar: «Diningizdan bizni Alloh qutqarganidan keyin yana unga qaytadigan bo‘lsak, Allohga yolg‘on to‘qigan bo‘lamiz-ku? Illo, Rabbimiz — Alloh xohlagani bo‘lur. Rabbimizning har narsaga ilmi kengdir. Allohgagina tavakkul qildik. Ey, Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o‘rtasida haqiqiy ajrim ato et! Zero, Sen ajrim qiluvchilarning yaxshisidirsan» (A’rof, 89, mazmuni).
Nuh alayhissalom dedilar: «Agar Alloh sizlarni og‘dirishni istab turgan bo‘lsa, (men) sizlarga nasihat qilishni istaganim bilan, sizlarga nasihatim foyda bermaydi. U Rabbingizdur va Uning huzuriga qaytarilajaksizlar» (Hud, 34, mazmuni).
«(Zulayho) unga moyil, u (Yusuf dili) ham bunga moyil bo‘lgandi. Agar Rabbining hujjatini ko‘rmaganida (bo‘lar ish bo‘lar edi). Shu tarzda undan yomonlik va fahshni burib yubordik. Albatta, u (dili) xolis bandalarimizdandir» (Yusuf, 24, mazmuni).
«Sulaymonni imtihon qildik va uning taxti ustiga bir (jonsiz) jasadni tashladik. So‘ngra u tavba qilib...» (Sod, 34, mazmuni).
Buyuk va benuqson zot bo‘lgan Alloh biluvchiroq zotdir.