Mana shu satrlarni eshitsam o'zimni tutolmayman...
Nogahon keldi bir ovozi hazin:
"œBir nafas tutkil quloq, men ham deyin,
Bor edi sevgan qator farzandlarim,
Ko’zlarimning nuriyu dilbandlarim.
Erkalatdim, mehribonlik ayladim,
Sizladim, shirinzabonlik ayladim.
Bir sovuq shabboda ham ko’rmay ravo,
Xastalansa, tinmay istardim davo.
O’stirardim ming mashaqqatlar bilan,
Qo’llarim boshida shafqatlar bilan.
Gohi ozg’in, gohi to’zg’in men o’zim,
Yangi kiysin deb, jigarbandim, qo’zim.
Gohi puldor, gohi bo’ldim qarzdor,
Yuz berardi turli tashvishlar qator.
Voyaga yetguncha ul ko’zi qoralar,
Qomatim xam bo’ldi, bag’rim poralar.
Qoldirarman deb ularga bog’u rog’,
Men olib keldim dilimda qancha dog’.
Qoldi unda zarnigor koshona ham,
Qoldi yoru oshno, begona ham.
Rizq uchun yolg’on-yashiq so’z ishlatib,
Ba’zioda bir pul uchun boshim qotib,
Do’ppayib turgan shu tuproq pastida,
Men yotibdurman oyoqlar ostida.
Kelmadi yillar ko’zimning ravshani,
Ya’ni, ul farzandi dilbandlar qani?
Bu makonim ustiga bir yo’l qara,
Bormi, ayt, hatto yog’ochdan panjara?" —
Chusty