Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 611435 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 ... 116 B


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:14:53

637.  Ka'b ibn Ujradan rivoyat qilindi: "Har namozdan keyin "Subhanalloh, valhamdulilloh va la ilaha illallohu vallohu akbar" kalimalarini yuz marta aytadiganlar noumid qolmaydilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:15:13

278-bob. Birodarini g'oyibona duo qilish haqida

638.  Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Eng tez ijobat bo'ladigan duo g'oibning g'oibga qilgan duosidir", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:15:21

639. Abdullohibn Sanobihiy (r.a.)dan rivoyat qilin-di: u Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning: "Alloh yo'lida do'stlashganlarning duolari tez ijobat bo'ladi", de-ganlarini eshitdi.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:15:28

640.  Safvon ibn Abdulloh aytdilar: "Men Shomdagi yaqinlarimni ziyorat qilib qaytgan edim. Qaynonam Ummu Dardo (r.a.) uyda ekan. Qayin otam Abu Dardo (r.a.) yo'q ekan. Ummu Dardo mendan: "Bu yil haj qilmoqchimisiz?" ~ deb so'radi. "Ha", deb javob berdim. U: "Allohga bizning haqqimizga duoi xayr qiling, Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning: "Musul-mon kishining birodari ortidan qilgan duosi mustajobdir, uning boshida bir muakkil farishta turadi va birodari haqqiga qigan har bir duoi xayriga "Omin, senga ham o'sha narsa nasib qilsin", deb turadi", der edilar, dedi. Bozorda Abu Dardoni uchratib qolgandim, u ham xuddi shu gaplarni aytdi, u ham bu hadisni Rasululloh (s.a.v.)dan nakd qildi".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:15:40

641. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Bir kipsh: "Allohim, faqatgina meni va Muxammad (s.a.v.)ni mag'firat qil", dedi. Shundajanobi Payg'ambar (s.a.v.): "Sen, albatga, duoni ko'gotab insonlar haqidan to'sib qo'yding", dedilar".

642-hadis Abdulloh ibn Umardan rivoyat qshshngan bo'lib, 632-hadisning takroridir.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:15:49

279-bob. Duo qilishning sababi

643.  Ibn Umar (r.a.) dedilar: "Men har ishimda, har narsada duo qilaman, hattoki minadigan jonivorimning qadamini tezlatishni ham Allohdan so'raymanki, bu bilan men o'zimga sirli bo'lgan narsalarni ko'raman.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:15:57

644. Amr ibn Maymun Avdiy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Hz. Umar (r.a.): "Ey, Allohim, mening ruhimni xushaxloq, xudojuy insonlar bilan birga olgin, yomon-lik, buzuqlikka tashlab qo'ymagin va yaxshi, ezgu amallarni ado etgan odamlar bilan birga qilgin", deya duo qilardilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:16:12

645.  Shaqiq Balxiy (r.al.) aytdilar: Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) ushbu duoni ko'p takrorlardilar: "Parvardigoro, oralarimizni isloh qilgin, bizlarni islom yo'liga yo'llagin, bizlarni (zalolatning) zulmatidan (hidoyatning) oydinligiga yetaklagin, oshkora va maxfiy fahsh-buzukliklardan bizni nari qilgin, quloqlarimizni, ko'zlarimizni, qalblarimizni, axliayol va avlodu zurriyodlarimizyi barokotli qilgin. Parvardigoro, bizlarni bergan ne'matlaringga shukr qiluvchi, uni e'tirof etuvchi va bu ne'matlar barobarida o'zingga hamdu sano aytuvchi qilgin hamda bizlarga beradigan ne'matlaringni mukammal qilib bergin".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:16:21

646.  Sobitdan rivoyat qilindi: "Anas ibn Molik qaysi birodarlarini duo qilsalar: "Alloh taolo kechalari qoim, kunduzdari soim bo'ladigan, fisqu fujur va gumrohlik qilmaydigan yaxshi xudojuy qavmning ibodatini bersin", der edilar".Bu hadis turkcha nashrda Sulaymon ibn Mug'iradan rivoyat qshshngan. Hadis Rasululloh (s.a.v.)dan ham rivoyat tsilinganligshi roviylar xabar qiladilar.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:16:28

647. Amr ibn Horis aytdilar: "Onam meni Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib bordilar. Ul zot boshimni silagan holda rizq-ro'z tilab duo qildilar".

Qayd etilgan