Rabi binti Mu’avviz aytadilar: «Men kelin bo‘lib tushirilgan kechaning ertasiga ertalab Janob Rasululloh kirib keldilar-da. men solgan to‘shakka xuddi siz o‘ltirganingizdek o‘ltirdilar. Qizchalar ersa, doira chalishib, Badrda vafot qilgan otalarini eslashardi, ularning bittasi: «Oramizda Janob Payg‘ambar borlar, ertaga nima bo‘lishini ham biladilar» — deb kuyladi. Shunda Janob Rasululloh: «Bunday deb aytmagil, avvalgi marsiyangni aytavergil!» — dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat tsiladilar: «Janob Rasulullohning do‘stlari, u kishi birlan birga Badrda ishtirok qilgan kishi — Abu Talha raziyallohu anhu Janob Rasulullohning «Qaysi bir uyda it bo‘lsa yoki jonli narsaning surati bo‘lsa, o‘sha uyga farishtalar kirmaydi-lar» deb aytganlari haqida xabar berdilar».
Husayn ibn Ali rivoyat tsiladilarki, Hazrat Ali bunday deb aytgan erkanlar: «Badr janggida menga berilgan g‘animatlar (o‘ljalar) orasida bir tuya ham bor erdi, uni Janob Rasululloh o‘lja taqsimlayotgan vaqtlarida menga bergan erdilar. Men Janob Rasulullohning qizlari Fotimaga uylanadigan bo‘lganimda, Baniy Qaynuqo’ qabilasidan bo‘lmish bir bo‘yoqchi men birlan birga bo‘yoqchilar huzuriga borib, ulardan menga isiriq olib berishni va’dalashdi. Undan nikoh to‘yimda foydalanmoqchi erdim. Ikki tuyam ansoriylardan birining uyi yonida cho‘kkan erdi. Men egar-jabduqlarni olib, tuyalarimning yoniga bordim. Ne ko‘z birlan ko‘rayki, ikki tuyam o‘rkachi kesilgan, qorni yorilgan, jigari qirqib olingan holda yotardi Bu manzarani ko‘rib dahshatga tushdim, «Buni kim qildi?» — deb so‘radim. Shunda odamlar menga bunday deyishdi: «Hamza ibn Abdulmuttalib shunday qildi. U bir necha ichuvchi ansorlar birlan mana bu uyda o‘ltiribdir. Yonida qayna (qo‘shiqchi ayol) va yaqin do‘stlari ham bor. Qayna ashula aytayotib. «Ey Hamza, semiz tuya so‘ya olurmisan?!»—dedi g‘amza qilib. Shunda Hamza darhol o‘rnidan turdi-da, tuyalarning o‘rkachini kesdi, qornini yerib jigarini qirqib oldi». Men Janob Rasulullohning huzurlariga bordim, nyolarida Zayd ibn Horisa o‘ltirgan erkanlar. Janob Rasululloh ne maqsadda kelganimni so‘radilar. Men: «Yo Rasulalloh Bugun Hamza menga qattiq tajovuz qildi, tuyalarimning o‘rkachini kesib, qornini yorib, jigarini qirqib oldi, o‘zi bir necha aroqxo‘rlar birlan bir uyda o‘ltiribdi»,— dedim. Janob Rasululloh ridolarini keltirishni buyurdilar, so‘ng uni kiyib, piyoda yo‘lga tushdilar. Men va Zayd ibn Horisa ortlaridan ergashdik. Janob Rasululloh Hamza va boshqa aroqxo‘rlar o‘ltirgan uyga borib, ichkariga kirishga ruxsat so‘radilar. Ijozat bo‘lgach, ichkariga kirdilar va Hamzani qilgan ishi uchun malomat qila boshladilar. Shu payt Hamza mastlikdan qizargan ko‘zlari birlan Janob Rasulullohning avval yelkalariga. keyin yuzlariga tikildi, so‘ng: «Siz kim bo‘libsiz, mening otamning qulisiz, xolos!» — dedi. Janob Rasululloh Hamzaning qattiq mastligini, unga nasihat befoyda erkanini bilib, orqalari birlan ohista qaytib chiqib ketdilar, biz ham birga chiqdik».