Farzand tarbiyasi
O’g’il qizning hulqi yaxshi yoki yomon bo’lsa, uning asl sababchisi ota — onadir. Ota — ona bolani qarovsiz qo’ymasligi, unga ilm, hunar va yaxshilikka chorlaydigan yo’llarni o’rgatishi lozim. Farzandning fe’l — huquqlari kamol topishi, yo’l — yo’riqlari soz bo’lishi, hizmatga loyiq bo’lishi, mukofotlarga sazovor bo’lishi ota — onaning mehri, duosi va tarbiyasiga bog’liq.
Behuda va bo’sh qo’yilmagan, tiyib — tergab turilgan farzandlar baht topadilar. O’g’il — qiz yoshligida nimani o’rgansa, umrining so’ngigacha uni unutmaydi. O’g’il — qini o’stirib, farzandlari tufayli sharafga erishgan kishi shunday deydi: "œFarzandga yoshligidan bilim o’rgatish kerak. Bola yoshligida bilim o’rgansa, barkamol bo’ladi. O’g’il — qizni ayama, vaqti — vaqti bilan jazolab tur, chunki jazo ularga ta’lim o’rgatadi. Odan bilim o’rgansa, kunlari bahtli o’tadi, o’zi qanchalik kichik bo’lsa ham, shunchalik ulug’lanadi".
Bolaga ota namuna bo’lgan bo’lsa, u otasining hulqini jadal o’rganadi. Ota farzandini tergab tarbiyalasa, uning fe’l — yo’rig’i yaxshi bo’ladi, ota — onasini yuzini yorug’ qiladi. Agar nazorat qilguvchi bo’lmasa, unday farzand yaramas va nobakor bo’ladi. Bunday farzanddan umidingizni uzavering.
Ota — ona farzandini yoshligidan nobakor qilib qo’ysa, fe’l — atvori yaramas bo’lsa, unda umuman ayb yo’q, barcha ayb ota — onaning o’zidadir. Qachonki ota farzandini tergab tarbiyalasa, ular ulg’ayganda o’g’lim — qizim deb sevilishga arziydi.
Ey ota! Farzandingni tergab tarbiyalagin, toki keyin sendan kulguvchilar bo’lmasin.
O’g’il — qizlarga bilim va hunar o’rgatish tufayli ularda insoniy fazilatlar paydo bo’ladi. Alloh kimga aql zakovat va bilm bersa, u barcha orzularga erishadi. Kimning hulqi hush, fe’l — atvori yaxshi bo’lsa, dunyoda ham, oxiratda ham ming — ming sevinchlar keltiradi.
"œQutadg’u bilik" asari asosida Munisbek tayyorladi
"œMusulmonlar taqvim kitobi"dan olindi