Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!
Bizlarni Haq yo’lga boshlagan Alloh subhanahu va taologa hamdu sanolar bo’lsin!
Bizga Allohning Haq dinini yetqizgan sayyidul avvalin va oxirin Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga to Qiyomatgacha salovatu salomlar tinimsiz yog’ilib tursin!
Avvalo Munira opajon bu mavzuni ko’tarib chiqqaniz uchun sizga tashakkur, Alloh rozi bo’lsin!
Yuqoridagi fikrlarni o’qib chiqib, shilarga qo’shimcha qilgan holda quyidagilarni aytmoqchidim. Alloh taolo O’zining mo’min bandalariga shu qadar ko’p bayramlarni ato qilganki, bu bayramlarni hayri va barokatidan musulmon banda uchun o’zga din vakillarining bayramlariga havas qilishning hojati qolmaydi. Qaysi bayramlar deysizmi? Hozir ayrimlarini sanab o’taman, inshaAlloh, bilmagan birodarlarimizga ham foydasi tegib qolar!!!
Unda boshladik
Avvalo Alloh taolo ikki Hayit ayyomini bizga bayram deya e’lon qildi. Ikkala Hayitning hayri va barokati mo’min banda uchun dunyo ahllarining barcha bayramini birlashtirsa ham ularning birontasidan ustun kelaolmaydi.(!) Bu bayramlar
yilda bir marotabadan nishonlanadigan va birini hursandchilik bilan nishonlab Allohdan keyingisiga ham sog’ omonlikda yetkazishini so’rab, intiqlik bilan kutiladigan bayramlar!
Endi, agar musulmonlar taqvimiga nazar solsak, yilning deyarli
har bir oyida musulmonlar uchun nishonlashga arzidigan biror bir sana mavjud.
Masalan,
Rajab oyi — bu oyda "œRag’oyib va Meroj" nomli ikki kecha bor. Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallam:
"œRajab oyi Allohning, Sha’bon oyi mening, Ramazon oyi ummatimning oyidir" [/i] deb marhamat qilganlar.
Sha’bon oyi - Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallam oyi hisoblanadi. Bu oyda Barot kechasi bo’lib, bu kechaning fazilati cheksizdir.
Ramazon oyi — oylar sultoni. Bu oyning fazilati haqida ortiqcha gapirish shart emas. Butun bir oy to’liq musilmon, mo’minlar uchun bayram. Chin mo’min uchun Ramazon oyi haqiqiy najot oyidir. Butun bir oyni bizlarga bayram qilib nasib etgan Allohga hamdu sanolar bo’lsin!
Shavvol oyi — bu oyni hayrini birgina hadis bilan ifodalasa bo’ladi. Abu Ayyub al Ansoriydan: Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallam deganlar:
"œKim Ramazon ro’zasini tutib, ketidan Shavvol oyida olti kun ro’za tutsa bir yil ro’za tutgandek bo’ladi" (yani bir yil ro’za tutgan savobini oladi) (Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja)Zulhijja oyi — Haj oyi hisoblanadi. Bu oyda Islom arkonlaridan biri Haj farzi ado etiladi. Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallam:
"œAlloh nazdida kunlarning ulug’I va amallarning afzalrog’i o’n kunlikda qilinganlaridir" [/i] deganlar. (Zulhijja oyining birinchi o’n kunligi nazarda tutilgan).
Robi’ul avval oyi — (Mavlud kechasi). Robi’ul avval oyining 12 kechasi Mavludun Nabiy kechasidir. Olamlar faxri Rasululloh sallallohu alayhi vassallam bu kechada tug’ilganlar. Bu kecha u zotning hurmati uchun ummatiga rahmat va marhamat yomg’ir kabi yog’ilgan kechadir.
Jumadul avval - Jumadus soniy oylari — bu oylarda qazo namozlari bo’lgan insonlar qazo namozlarini o’qishlari kerak. Nafl ibodatlar qilish ham juda fazilatlidir.
Muharram oyi — bu oy qadr qiymati bilan Ramazon oyidan keyin turishligi uning qanchalik muborak oy ekanligini bildiradi.
Bu oylar fayzi, ulardagi muborak kechalarning fazilati haqida ko’p gapirsa bo’ladi. Chunki har bir oyning hayri va barokati cheksiz. [/i]
Musulmonlarning
haftada bir nishonlaydigan bayrami ham bor. Albatta bu Sayyidul ayyom JUMA kunidir. Har hafta JUMA kunini haqiqiy bayram sifatida nishonlaymiz.
Musulmonlarning har bir bayrami toat-ibodat, ro’za, namoz, Qur’on o’qish bilan nishonlanadi, bizlarni o’zga din vakillaridan ajratib turuvchi hislat ham ana shudir. Alhamdulillah!
O’zimizda yilda ikki bor, har oy va har hafta nishonlanadigan bayramlar mavjud ekan, o’zgalarni bayramlarini nishonlashga ne hojat?[/i]
Yoki ayrim birodarlarimizga bu ham kamlik qilarmikin??? "œBu ham kam, shuning uchun o’zgalarni bayramlarini ham nishonlaymiz"¦" deguvchilarga so’nggi so’zim:
Ne bo’lgay yashashni sal oson qilsang?
Qil sig’magan ko’ngling shu’laga to’lsin!
Har namoz orasin Ramazon bilsang,
Bir kunda besh Hayit muborak bo’lsin!Musulmonning kuniga besh marotaba Hayit ayyomidek muborak bayrami bor. Bu namoz vaqtidir. Bayramlarimizni ham ibodatga aylantirgan Allohga hamdu sanolar bo’lsin!
Bizdek bayrami ko’p bo’lgan ummat bormikin? Ho’sh, nega endi o’z bayramlarimiz bo’la turib o’zgalarning bayramlarini nishonlaymiz?[/i]
Bu gaplarim bilan o’zga din vakillarini bayramlariga qarshi chiqmoqchimasman, also. Shunchaki, bilmaydigan musulmon va muslima birodarlarimga
"œAvval o'zimizni haqiqiy bir yilda ikkibor, muqaddas oylarda, har hafta va har kun besh mahal nisonlanishni lozim bo'lgan bayramlardan boshlaylik" dimoqchiman halos.
Alloh hech birimizni O’zining Haq yo’lidan adashtirmasin! Gaplarim cho’zilib ketgan bo’lsa uzr, rozi bo’laslar!
Wassalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!
P.S. Shu kunga qadar boshqa din vakillarini musulmonlarni bayramida ro’za tutib, namoz o’qiganlarini ko’rmadim. Lekin o’zgalarni bayramlarini ular kabi nishonlaydigan musulmonlarni ko’pini ko’rdim"¦
Hidoyat va tavfiq yolg’iz Allohdan!