kim ijro etganini tanimadim , kim yozganini ham bila olmadim ,
eshitgan inson qalbini sog'inch qurshab olarkan.........
Ayirma joynamozimdan
Judo etma hamrozimdan
qiblaga payondozimdan ,
Jonim bilan chiqar bilsang
ayirma joynamozimdan ,
Yurak sajda bilan tirik
ibodatda yo’qdir hadik ,
tunlarimga tanho sherik
ayirma joynamozimdan .
yoshim artar yig’laganimda ,
to’shagimdir uhlaganimda ,
g’amdoshimdur hohlaganimda
ayirma joynamozimdan ,
onamga ham aytmas so’zim ,
tunlar unga aytim o’zim ,
o’yib olgin mayli ko’zimni
ayirma joynamozimdan ,
haddan ortiq bo’lsa ham keng ,
firdavs bog’I yo’limga teng,
bu judoliko’limga teng ,
ayirma joynamozimdan ,
Sodir qilib avval xato,
Sajda qildi odam ato ,
Balki senchun oddiy mato ,
Ayirma joynamozimdan ,
Majnun uchun go’yo Layli ,
Qalb huzuri namoz zayli ,
Kafandan et judo mayli ,
Ayirma joynamozimdan .
Qalb uyimga yo’lay ko’rma ,
Narhi og’ir to’lay ko’rma ,
Borim shu ko’z olaytirma
Ayirma joynamozimdan .
M.Nurmatov