Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 751582 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 ... 155 B


siddiqa  12 Yanvar 2010, 08:30:58

Tibbiyot darsida agar kontrolniy bo'pqosa ustoz har doim mavzularni bo'lib berardilar ,o'zi guruhda 2 yo 3 kishida kitob bor .keyin hamma bir biridan so'ray boshlaydi ,

Yurak kimda bor berib turiylar ?
(demak u yurak funksiyalarini yozish kk) hamma sharaqlab kulib yuboradi ,ustoz keyin kirib hazillashib quloqchi  ?
 miyyachi bormi ?
shundoq kanikuldan keyin barbirgayam hamma o'qishni ,ustozlarini sog'inadi ,kamina bo'lsa
ukhu ,ukhu ,apsu qilib o'tiribman .

Qayd etilgan


Abdulhafiz  12 Yanvar 2010, 09:32:07

shundoq kanikuldan keyin barbirgayam hamma o'qishni ,ustozlarini sog'inadi ,kamina bo'lsa
ukhu ,ukhu ,apsu qilib o'tiribman .
Kunlar sovuq, issiqroq kiyinib chiqish keregidide qorbo'ron o'ynashga desama...
 : )
Alloh shifo bersin.

Qayd etilgan


siddiqa  17 Yanvar 2010, 01:54:21

qorbobo kerakmi muommosiz  :D :D
 

Qayd etilgan


Shokir63  17 Yanvar 2010, 14:02:40

Subhanalloh...
O'ng oyog'i ostida g'ijirlab ezilgan barg birdan uning xayolini bo'ldi. "Qalbimdagi umidlarimni shaytoniy vasvasalar ositida shu bargdek ezilib ketishidan o'zing asra Allohim" deb duo qildi. Va miyasiga kelayotgan fikrlardan tasbeh cheka-cheka yo'lida davom etdi...
Men qayerda tug'ildim? Bu daraxt qachon o'tqazildi? Ma'lum bir sabablarning, menga ma'lum bo'lmagan hikmatlariga ko'ra g'urbat ellariga keldim. Bu daraxt kim tomonidan o'tqazildi...
Qizil chiroq. Yashilning yonishiga hali 31 soniya bor. U o'ylari bilan band. Yashil chiroq yondi, u yo'ldan o'ta bashladi.
Yo'lning narigi tomonida esa, daydi shamolning ta'sirida barg chirt uzilib, yerga tusha boshladi va tushdi va bu uning yo'ldan o'tib o'ng oyog'ini ko'targan paytiga to'g'ri keldi va barg g'ijirlab ezildi...U duosi o'qidi...
Subhanalloh, Allohim Sening azaliy ilming, qudrating shu qadar buyukki, uni butun buyukligi bilan qamrab oladigan aql bizda mavjud emas.
Mening tug'ulishimni, g'urbat ellariga kelishimni, bu daraxtning aynan shu yerda o'tqazilishini, yashil chiroqning yonishiga 31 soniya qolishini, qadamlarimning tezligini, shamolning esishini va barcha-barchasini iroda etgan Zot faqatgina Sen bo'la olishing mumkin, yolg'iz Sening buyukliging bularning barchasini boshqara oladi va Bunday zotning sherigi ham bo'lishi mumkin emas, yo'qsa hammasi qo'shilib ketardi. Naqadar buyuksan Allohim. Naqadar zaifman, Senga naqadar muxtojman Allohim.
Subhanalloh.


Qayd etilgan


siddiqa  26 Yanvar 2010, 08:29:24

Bu tuyg’ular yillar oldin bizni tark etgan edi ,
Qaysi tuyg’u deysizmi ?

Ustozlarni sog’inish ,o’sha kuni faqat 3-4 para bor edi ,

Lekin bizni barvaqt unversitetga borishga men umuman sog’inmaydigan
o’qituvchimiz sabab bo’lgan edi .daftarlarni topshirishimiz kk edi ,3 chi paraga olib kelsak deya ancha zorklandik ,

kulibgina "œyo’q soat 8 :30dan keyin hech qanaqa daftarlarni ham sizlarni ham ko’rmay
4 kishigina bordik ,daftarni berib "¦"¦"¦"¦"¦"¦..

Ikki yarim soat bekorchilik ,afsus kitob ham olmabman deb ko’ngilga keldi ,haaa  3 dugonani yig’ilsa kitob o’qilmaydi balki yoziladi .

Qizlardan biri :Bitta narsa aytsam kulmiysizlarmi ?
Nima ?
Surayyo opani negadir sog’indim ,ko’rgim kelayapti ?

Qaysi  biri ?odamni qo’rqitma "¦"¦"¦"¦"¦"¦
O’zimzni Surayyo opani  ,ustozni "¦.ingliz tilidan
men ham negadir ularni hikmatli gaplarini sog’indim dedim biroz o’ylanib ,kettik bo’lmasam biir ko’rib salom berib kelaylik
.
3 etajga ,Surayyo opani "¦"¦.o’sha ingliz tili honamizning ro’parasida turibmiz
,
bo’pti
Matlu sen kir birinchi ,
E y sen kir "¦"¦..
Sen boshladingu sog’indim deb ,kirendi .

e bore Kamosh kirsin  bo’l .!!!!!!!!!!
Yo’ge nima diyman ,uyalaman
.
15 minutcha turdik ,ohiri baravariga shundoq eshikni  ochmoqchiydik ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,
Iyeeeeee Assalamu aleykum Surayyo opa diymizmi ,begona guruhni oldida ,hayoldan o’tdi "¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.

Hammasi hayolda qoldi ,eshik qulf .ahir bugun dushanba ustozni kelmaydigan kunlari ku ?
Qizlar sharaqlab kulib yuborishdi .
Eh .ustoz hazon kabi uchib ketayotgan tuyg’ular keldiyu ,
Siz kemadizda "¦"¦.))))))))))))))))))))))
erataga darslari suhabatlaridan bahra olarmiz inshaAlloh ..derdik ,kulib .



Qayd etilgan


Nurzoda  03 Fevral 2010, 18:53:47

uhti Chehmik ijodizga omad yo' bo'p ketganga ko'ra yangilik bilan kebsizde ;) lekin qoyil mazza qip kulimman  :D yana kutib qolamiz shunaqa qizu postladan  :)

Qayd etilgan


lolo  06 Fevral 2010, 10:11:22

...............
.......................
soat 17:00da,bolajonlarimizni "lol0 va Pete" multserialini navbatdagi qismini tomosha qilishga taklif qilamiz.
17:30da sport muxlislari uchun xlaqaro marafondan to'g'ridan to'gri reportaj.reportajni jurnalist---Muslima Begom sharhlaydi
soat 18:00da  "Buydoqligim--poshsholigim" degan ko'rsatuv. Ko'rsatuv muallifi--MuhammadSoyib.Uning dardiga Akbarxon sherik bo'lishga xarakat qiladur.
19:00da yana bolajonlarimiz uchun "Erkaklar--yaxshilikka yetaklar" degan ko'rsatuv.bolajonlar uchun rivoyatlarni singlimiz Roviya aytib beradi.

soat 20:00da "Online dars".Darsni Ustoz Shokirbek aka o'tkazadilar.Qatnashinglar.

soat 21:00da "Aylanamiz,o'ylanamiz,uylanamiz,tuylanamiz" degan ko'rsatuv.Boshlovchi--mr.Towishtr.
22:30da "Aysberglar aro sayohat".Ko'rsatuvni Tak,Iiif Kusto emas,o'zimizning Uzmuz e'tiboringizga havola etadi.

soat ruvna 00:00da,ko'rsatuvlarimizni,telekanal osh direktori--AbdulAzim nutqi bilan yopamiz.

barchangizga qushkayfiyatlik tilab,Eshmat Toshmatuff.

Uzr Eshmat Sho'rboltayevich, 00:00ga bir kino qo'yilganidi, shuni etishni unutib qo'yibsiz (qarichili qurmasin), "Janob HeChKiM". Ko'rsatuvlarimizni esa har kuni AbdulAziz Karimni vatan haqidagi opera qo'shig'i bilan yakunlardik.
Shu hatolariz uchun jarima sifatida bu oygi maoshingizdan 10 foiz, ya'ni 100 000 $ (yuz ming dollar) olib tashlanadi!

Hurmat bilan XSX telekanalining badiiy rahbari Lolo Baloyeva.

Imzo:

(inshaalloh endi hammasi ramkasida va sip-silliq)

stili yengilandi
manbasi belgilandi


Manba: (c) Xayol

Qayd etilgan


Nurilla  06 Fevral 2010, 10:37:03

manga telefon nomeringni tashab qo'ygin,ukam..

uzurasiz postingizni ko'rmay qolibman okam... Telefon nomerimni bemalol berardim-u, telefonda ham boshimni og'ritvorasiz. O'zi shu kunlarda boshim og'rivotti, shuning uchun telefonda ham boshqa aloqa vositalarida ham hechkim bilan gaplashishni xohlamayapman. Yoki boshim yana og'riydi.

Qayd etilgan


Muhseena  12 Fevral 2010, 19:05:49

Morkning afsonaviy fazilatlari bor deganmishman... ??? ???
Murdaning yuvosh bo'lishi...Astag'firulloh,ko'zlarimdan yosh chiqib kettiye  :4
Ha mayli man rozi,ishqilib lolo opa o'ziz shu gaplani yozib azgina hursand bo'gan bo'sez bo'lgani...

Qayd etilgan


Ansora  13 Fevral 2010, 20:01:14

Men agar bunday hikoya yozsam aniq hikoyani mavzusi gullar, kapalaklar haqida bo'lardi : )

A'zolar bog'bon, asalari, qovoqari bo'larmidi  ;D

Qayd etilgan