Avvalo
Assalomu alaykum!
Shu forumda tez-tez aytishuvlar bo'lib tursa bo'larkan.
Vaksina mavzusida o'zaro kelisha olmagan Muhammad Sohib va Donishmand o'zaro yuzma-yuz ko'rishib, bahsni davom ettirishga bel bog'ladilar.
Jang manzili: Marg'ilon shahri, Ketbog' mahallasi, Xolmat akani choyxonasi.
Jang vaqti: Shu bugun 18 yanvar, 2012-yil.
Refere: AbdulAziz,
Donishmandning promouteri: Muzaffar.
Muhammad Sohibning promouteri: Aqoid.
Ushbu jangga tomoshabin bo'lishga shoshiling. Chiptalar bepul.
Xullasi kalom, ashi kechagi tortishuvlardan so'ng, osh uyushib qolibdi. Donishmandning promouteri Muzaffarning chiroqbonlari yaxshi ishlamaganligi bois, kecha ushbu mish-mishli xabarni tarqata olmabdurlar. Ushbu mas'uliyat menga topshirildi.
Namangandan boradurg'onlar zudlik ila Muhammad Sohibga qo'ng'iroq qilinglar. O'zim bosib opkelaman, deb va'da bergan. Harna gruppa podderjka-da. Anjanlilar sizlar ham yo'lga chiqselar bo'ladi. Farg'onaliklar, ishqilib kechga qomeylar-a, odamni hijolat qilib. Toshkenlilar, silar baribir kelalmesilar.
Devzira guruchdagi oshlarni rasmini qo'yib, bizam biiir kuydireylik-a?
Nima didiylar?