Assalomu alaykum,
chetga chiqishga, evropaga sayohat qilish orzuim edi . Allohga behisob shukurlar bulsinki, usha orzuimga ham etdim, lekin etib kelgach ancha kun uzimga kelolmay yurdim. Bir uzim, birorta ham uzbek atrofimda yuq. Evropaning guzalliklari-yu va boshqalari xayolimga ham kelmaydi. Eng chiroyli joylariga ham bordim, lekin bir narsani ich ichimdan his qildim-ki, butun evropa bitta qishlog'imni urnini bosolmas ekan. Boshida kelganlarimga pushaymon bula boshladim. Boshida kimdir yul yuriq kursatib yubormasa juda qiyin bularkan. Ota-ona sog'inchini-ku aytmasa ham buladi. Boshqacha fikrlay boshladim. Namoz uqiy boshladim va sekin uzimni bosib oldim. Alhamdilullah hozir ancha yaxshi urganib ketdim, dustlar ham talaygina. Uzbeklar ham bor ekan. Faqat Uzbekiston sog'inchi qiynayapti. Inshaalloh yozga Aziz Samarqandimga borishni niyat qilib turibman.