Bahri bayt  ( 874693 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 ... 255 B


Nodi  18 Iyul 2006, 07:12:38

Ikki yorti bosh uzra
Porlasin ishq quyoshi.
Qizga hayo, yigitning
G'urur bo'lsin yo'ldoshi.

Diydoriga bir-birin
Termulishib to'ymasin.
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin..

Muhammad Yusuf
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:12:46

Nigohida oftoblari bor,
Nolishlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Tovoniga tushgan kokillar,
Qizginaga qo'shilib yig'lar,
Bir so'z dilga sanchadi tig'lar -
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:12:54

Agar odam bo'lsang, gapimga tushin,
Agar Xudo bo'lsang, menga yo'l ko'rsat.
"Sevaman" so'zini eshitmoq uchun,
Chorak umrim o'tdi hijronga ulfat...

Usmon Azim
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:13:00

Tun bo'yi ko'zimdan achchiq yosh sizib,
Bezabon armondan o'qisam ham dars,
Tongda u kelganda "Uyqumni buzib...
Tag'in Siz!.." yuziga eshikni yopdim qars.

"Baribir eshikni ocholmas birov
Kelaman", - jimlik... so'ng yillarki mushkul.
Endi u kelguncha sochimga qirov -
Qor yog'ar, so'ng taniy olarmikin ul...

Qoplagani uchun bir zum ko'zni xob -
Balki umrim bo'yi berurman javob.

Halima Hudoyberdiyeva

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:13:21

Borligimni payqama, mayli,
Burchaklarda,mayli, qayrilma,
Meni deb tinchingdan ayrilma,
Borligimni payqama, mayli.

Ko'zlaringni yashirgin mendan,
O'tib ketay yoningdan befarq,
O'tib ketay yoningdan bedard,
Ko'zlaringni yashirgin mendan.

Omon Matjon

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:13:28

Nokaslarni bor qiladursan,
Kimki haqso'z xor qiladursan,
Egrilarga eshmisan, so'zla
Nechun g'alat kor qiladursan.

Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Torozingni qanday qo'yasan, yorug' dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Kimni xo'rlab, kimni suyasan, achchiq dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Haqsiz dunyosan
Qadamingni qandoq 1qo'yasan, nohaq dunyosan!

Ohunjon Hakimov
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:13:35

Nega jim yashaysan, sokin yashaysan?!
Sezmaysan, qo’llarim ketsa ham tegib.
Olamda men yo’qdek, hech payqamaysan,
Yashaysan jimgina boshingni egib.

Mirzo Kenjabek

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:13:43

Bo’sh o’rningda pok yostiq,
Go’yo, kelgin, qani, deb.
Chorlar safarga tayyor,
Kemaning yelkanidek.

Mana, bo’sh uy, bo’sh stol,
Oppoq qog’oz, men yakka.
Sen shubhangni qo’y, aqlim,
Izn bergin yurakka.

Yurak, tovushga aylan,
Yurak, ishon, chorla, jo’sh.
Bu dunyoda bir qiz bor —
Yostig’ining yarmi bo’sh.

Mirzo Kenjabek

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:13:57

Shaytonning hunari chindan rang-barang,
Sallani paytava qilib o‘ratgay.
Agar sidqidildan ko‘rsatsa nayrang
Nodonni shoh qilib, yurtni so‘ratgay.

Minoda Shaytonni qildik toshbo‘ron,
La’natga ko‘mildi badbaxt u lain.
Dedik, shuncha yukning ostidan Shayton
Ming yillar chiqolmay yotmog‘i tayin.

Shodumon yo‘l oldik Vatanga qarab,
Shayton qoldi, deya chuqurda-choxda.
Manzilga qaytgandik, Shayton, voajab,
Bizni kutib oldi tayyoragohda.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:14:04

Azim dunyo, sehrli dunyo,
Halim dunyo, mehrli dunyo,
Zolim dunyo, qahrli dunyo,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

Kenglarga keng, torlarga torsan,
Yo`qsilga yo`q, borlarga borsan,
Bog`larda gul, tog`larda qorsan,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

G`ami ado bo`lmas dunyosan,
Kami ado bo`lmas dunyosan,
Ketgan qaytib kelmas dumyosan,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

Koshonasan, kimga vayrona,
Kimga oshno, kimga begona,
Chin dunyoga o`zing ostona,
Ajab dunyo, ajab dunyosan.

Abdukarim Jumaboyev

Qayd etilgan