Bugungi kun mulohazalari  ( 1484935 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 161 162 163 164 165 166 167 168 169 170 171 ... 296 B

Музаффар  15 Iyun 2011, 22:19:55

кеча ночь дежур турганлигим сабабли бугун кундузи билан тсйиб ухладим,
лекин кундузги уйқу тушларимда хам форумда алланималарни ёзспман, зависимость пайдо бслспти форумга нисбатан.

Qayd etilgan

azizbek_mx  15 Iyun 2011, 22:40:18

kechadan beri ishxonadan ketolmay, dejurdaman. Bugun ham ishxonada qoldim

Qayd etilgan

Chustiy  15 Iyun 2011, 23:27:15

Bugun sunnatga amal qilib xijama qildirdim.
Kichkinagina zuluk qonga to'ygandan keyin yong'oqday semirib yumalab tushdi.
Boshim ancha yengillashdi.

Mirzo shu hususda batafsil yoritib bersangiz, foydalariyu, qayerda va qachon va kim deganlaridek anchadan buyon manam hijoma qildiraman deb niyat qiludim lekin, hech amalga oshmagandi.. Nasib qilsa bu gal safardan qaytgach biir borarmidik tabib huzuriga...

Qayd etilgan

akula  16 Iyun 2011, 00:17:51

uzr maylimi surasam Hijoma nima bu ?       (bilmaslik ayb emas )

Qayd etilgan

Sadulla  16 Iyun 2011, 05:39:07

 :asl3:

Erta tongdan meva yeyish yaxshida.Ertalabdan o'rikmi,olmami nima meva bo'lsa yeb ketaveraman.Yozda choy o'rniga meva bersa ham yeyaveraman  :D .Bu "mevaxo'r"ligimdan bir-ikki tanbeh ham eshitib turaman."Ertalabdan meva yemasdan choyingni ichsangchi"-deb urishadilar onamlar.Yozda xo'l meva yeyishga nima yetsin  ;) .Yana bir kun boshlanmoqda,boshlanayotgan bu kun hammaga xayrli bo'lsin.Xayrli tong forumdoshlar!

Qayd etilgan

Mo'min Mirzo  16 Iyun 2011, 11:02:38

Nonushta ho'l mevalik bo'lsa bu eng zo'ri hisoblanadi : )
Ertalabdan choy, non, yog', qaymoq yo ovqat yeyish to'g'ri emas, iloji boricha doim ho'l meva yeng nonushtaga. Birinchidan ertalab oshqozon kuchli emas oddiy taomni ham hazm qilgani tayyor bo'lmaydi. Kechasi bilan dam olib chiqib ertalab birdan yog'li yo hamrli narsalarni oshqozonga tashlayversak 50 yoshga bormay munkillab qolamiz. Ertalab meva-cheva, bo'lmasa asal, mayiz, yong'oq, bodom eng afzali.
Ho'l mevalar bilan ertalik qilish Organizmda qish bo'yi to'planib qolgan zaharlarni yuvib ketadi.

Qayd etilgan

Mo'min Mirzo  17 Iyun 2011, 05:45:45

Bugun sunnatga amal qilib xijama qildirdim.
Kichkinagina zuluk qonga to'ygandan keyin yong'oqday semirib yumalab tushdi.
Boshim ancha yengillashdi.

Mirzo shu hususda batafsil yoritib bersangiz, foydalariyu, qayerda va qachon va kim deganlaridek anchadan buyon manam hijoma qildiraman deb niyat qiludim lekin, hech amalga oshmagandi.. Nasib qilsa bu gal safardan qaytgach biir borarmidik tabib huzuriga...

Foydalari ko'p. Muayyan bir kasallikka da'vo deb bo'lmaydi, muhimi organizmdagi ifloslangan qonni olib tashlaydi. Qon toza bo'lsa biz deyarli kasallikka chalinmaymiz.
Masalan hozir juda ko'p uchraydigan kasalliklardan bo'lgan bosh og'riqlar, bosh aylanishi, qon bosim, tez charchash, asabiylik, ko'z hiralashishi, yoshlanishi, kechasi ko'ra olmay qolishlik (shabko'rlik), eshitish sustlashishi, miya va quloq turli ohangda jaranglash, quloqdagi shovqin, qo'l titrashi, falajlik, qandli diabet... kabi turli asab va qon kasalliklarida foyda qiladi, chunki bular qon buzilishidan kelib chiqqan kasalliklardan hisoblanadi.

Iqtibos
qayerda va qachon va kim deganlaridek

Qo'yliqda oldirdim, Ziyodulloh tabib degan odamda. Qo'yliq bozori yaqinida. Qon oldirmoqchi bo'lganizda aytarsiz, birga boramiz. Agar vodiyda bo'lib qolsam sizga manzilni tushuntirib yuboraman, tabibga tel qilib borsangiz kichkina bolalar mahalla boshlarida kutib oladi. Mahallasi juda chuqur ekan, alohida qishloqmi deb ham qoldim : )

Sunnatga ko'ra qildirib turing, foydalarini aniq sezasiz. Sog'lomman degan odam ham qonini tozalab turishi kerak. Qon bosim juda keng yoyilib ketgan, qonni tozalab tursak bular yo'qolib ketadi. Sog'lom odamga yilda 2 marta qon oldirishni tavsiya etgan bo'lardim.

Mana bu linkka ham bir o'tib ko'ringchi, foydali ma'lumotlar bor ekan.
http://uz.islambio.com/?p=73

Qayd etilgan

_IYMONA_  17 Iyun 2011, 10:46:06

Assalamu alaykum.
Bugungi kungi xursandchiligimizni buvim ko'rganlarida, ko'zlariga yosh olib duodan tinmasdilar...
Bir necha yillik kutilgan kunlarni yetkazganiga shukr. Hamma xursand. Hamma duoda.
Ustozimiz aytishlaricha, kimki ilm yo'lidan borsa, Alloh ana shunday ne'matlari bilan siylay boshlarkan.
Endigina bosilgan bir qadam uchun shuncha mukofot bo'lsa, ilmni o'rganib izlanganlarga Allohning marhamati qanchalik cheksiz ekanini idrok qila olmasa kerak...

Qayd etilgan

Aqoid  17 Iyun 2011, 10:52:51

Buyurish uchun yugurish ham kerak. Tezligim yaxshi, 2-mutaxassisligim jismoniy tarbiya. ;-)

Qayd etilgan

Solihatun  17 Iyun 2011, 13:18:24

Kecha ammamlar menga bugun senga "TO`HTAMASDAN ISH QILISH" darsini o`rgataman dedilar. Qizlarini uzatgandilar. Bizni qishloqda to`yxona, restoran degan narsalar yo`q. Hammasi uyda bo`ladi! To`y yaxshi o`tdi. Endi asosiy masalani uyni yig`ishtirish, kirlarni yuvishda. Sochiq-dasturxonlar bir katta tog` hosil qilgan o`ziyam. Amalladik! Darsni muvaffaqiyatli tugatdik (Bizni qishloqda kir yuvadurg`on mashina yo`q) ! Axx . . . Ertalab yarim soat davomida ko`zim ochilmadi, ammamlarni aytishlari bo`yicha ranglarim oqarib ketganmish.  ;D  Yil davomida faqat aqliy mehnat qilgan studentni ahvoli mana shunaqa bo`larkan!!!

Qayd etilgan