Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
Eng oddiy haqiqatlar: eng shirin narsa bu - so'z, eng achchiq narsa ham - so'z;
Afsuslanarlisi shuki, bu so'zlar og'iz atalmish maskandan chiqib keladi. Bu ikki so'z bir-biriga naqadar yaqin, buning ustiga hech ajralmaydi. Mana shu "hech ajralmaydi" degan so'zimiz qiyomatgachadir. Bu - haqiqat!
Mavjudotlar ichida eng yovuzi ham - odam bolasi, eng yaxshisi ham - odam bolasi. Odam bolasi qilgan ishlarni qilishga hattoki Iblis ham ikkilanadi. Yana ham Olloh mehribondir! Bu - haqiqat! Haqiqat bo'lganda ham oddiy haqiqatlardir. ( Mening shaxsiy fikrim )
Ushbu fikrlarimni ommaga taqdim etganimdan so'ng, meni bir narsa yana yozishga, qo'shimcha qilishga majbur qildi. Oddiy haqiqatlar yana biri insonning insonligidir. Inson o'z nomi bilan insondir, ya'ni esdan chiqaruvchidir. Biz har bir narsani, har holatda esdan chiqaramiz. Xoh u yaxshilik bo'lsin, xoh yomonlik... ! Hattoki umr bo'yi orzu qilgan narsamizni ham vaqti kelsa unutamiz. Bilsangiz edi talaba bo'lishni qanchalik orzu qilgan edim, ayni damlarda esa talaba so'zi menga shunchaki oddiy holat, bo'lishi oson bo'lgan narsadek xolos. Bu hislarni yana jonlantirishim va buning qadriga etishim uchun o'sha davrga qaytishim va yurakdan his qila olashim kerak. Bu nima bo'libdi, bundanda dahshatlirog'i bor. U ham bo'lsa kishi o'zini kimligini unutib qo'yishidir. Ba'zida unutib qo'yamiz kimligimizni! Yoki yolg'onmi? Bir-birimizga bo'lar bo'lmas so'zlar aytishimiz, tortishishimiz, buning ustiga bir-birimizni haqoratlashimiz. Mana shu kimligimizni unutib qo'yganligimiz emasmi? Mana qayerda oddiy haqiqatlar.
Mening shaxsiy fikrim: Xamma bir biridan haqiqat talab qiladi, haqman deb da'vo qiladi. Haq aslida siz ham emas, biz ham emas, xoh siz yaxshi bo'ling, xoh biz yaxshi bo'laylik, baribir biz haq emasmiz. Haq bitta ,u ham bo'lsa OLLOHdir. Mana bu - haqiqiy HAQIQAT! Nima dedingiz aziz yurtdoshim!
Ollohim har bir bandani hidoyat sari boshlasin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!