Assalomu alaykum.Sizdan iltimos kungaboqar (Semechka)yog'i haqida ham foydali maslahatlarizni yozib utsangiz hursand bulardim. Man kuproq kungaboqar yog'ini ishlataman uni foydali va zararli tomonlari haqida yozsangiz oldindan rahmat.
V.assalom. Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, bu mavzuda asosan shifobash yog'lar haqida ma'lumot berib boryabman. Yani ko'p miqdorda iste'mol qilingan yog'lardan farqli o'laroq, tomchi shaklida ishlatiladigan yog'lar haqida.
Biz iste'mol qiladigan yog'lar ichida Kungaboqar yog'i agar talablarga javob beradigan shaklda ishlab chiqarilgan bo'lsa, idishlarga joylangan bo'lsa, eng oson hazm bo'ladigan va dunyoda eng ko'p talab etiladigan yog'lardan hisoblanadi.
Chunki magazinlarda har xil markali yog' ko'rishimiz mumkin.
Yog' na og'izda na me'dada hazm bo'ladi, balki qalin ichaklardagina organizmga so'rila boshlaydi. Shunday ekan olayotgan markamizga qattiq e'tibor berishimiz kerak.
Paxta yog'i eng qiyin hazm bo'ladigan yog'lardan biri hisoblanadi. Ayniqsa bizda ekilgan paxtalarga to yerga chigit holida ekilgandan keyin necha marta dori sepilganini hisobga olsak, uning chigitidan ishlab-chiqarilgan yog'ning qanchalik sog'liqqa foydali ekanligi tortishiladigan mavzulardan biri.
Qaysi yog' bo'lishidan qat'iy nazar qovurmada ko'pi bilan 3 marta ishlatishingiz tavsiya etiladi. Chunki yog' olovda yonadi va qiziydi, ichidagi bazi moddalar bir necha marta yongandan keyin organizmimizga zararli moddalarga aylanadi.
İnsonning moddiy imkoni bo'lsa zaytun yog'i ishlatilishi tavsiya etiladi, zaytun yog'ini ertalablari sovuq holda non botirib yeyish insonga juda katta foyda beradi. Chunki eng sof yog' zaytun yog'idir, tabiiyki buni ham bilingan markalardan olishingiz shart.
Men Turkiyada 70-80 yillik markalardan "Yudum" (1878 chi yildan beri faoliyatda ekanlar, Turkcha ma'lumot uchun
http://www.yudumgida.com.tr/ ) , "Bizim" (Ulker firmasini eshtigandirsiz, asosan sholokad-pechenyesi mashur, 1944 chi yildan beri) kungaboqar yog'laridan va zaytun yog'ida esa "Komili" yog'laridan foydalanaman.
Makkajo'xori yog'i ham kungaboqar yog'iga yaqinroq, maza jihatidan yana yam yaxshiroq, lekin ozgina hidi og'irroq.
Agar soham ximiyaga yaqinroq bo'lganida sizga yana ham ko'p ma'lumot bergan bo'lardim, chunki bur tur mavzular bilasiz asosan ximiyaviy yo'llar bilan oydinlatiladi.
Xozircha shularni aytishim mumkin