Barcha ezguliklarning, xayrÂli ishlarning boshi halollikdir, desak, yanglishmasak kerak. Halollikning o‘zi kabi do‘stlari ko‘p: yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishtalik"¦ Ehtimol, dunyoni go‘zallikdan ham oldin halollik qutqarar"¦ Ibrat ko‘zi bilan boqsangiz, halol insonning dili, yo‘li to‘g‘ri, darajasi ulug‘. «Halol bo‘lsang, yashay olmaysan» esa og‘ziga kuchi yetmagan, bo‘yni mehnatga yor bermaydigan mahmadonalarning chala xulosasi ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Halol luqma tomog‘ingizga tiqilmaydi, jig‘ildonni qaynatmaydi, uyqungizni qochirmaydi. Har narsaning haloli bo‘lsin, deb bejizga aytishmaydi-da.«Turishingni qara, cho‘pga o‘xshab qolibsan-ku. Katta-katta yesang-chi. Og‘zingga kelganini qaytarma. Davringni surib qolmaysanmi?»
Tanishimga shunday deb maslahat berayotgan bu «akaxon» haqida yon-atrofdagilardan eshitdim-u negadir uning bolalariga achindim. Qing‘ir ishi ko‘p ekan. Farzandlariga ham shunday «nasihat» qilsa kerak. Uning oldida mung‘ayibÂgina turgan boyagi «cho‘pday» tanishim o‘sha paytda ko‘zimga juda chiroyli ko‘rinib ketdi"¦
Tan olish kerak, ko‘pchilikda halol bo‘lish juda qiyin, degan tushuncha bor. Shuning uchunmi, yashashning oson yo‘llarini qidiramiz. Yayrab qolgimiz keladi. «Boshqalar ham shunday yashayapti-ku» deya o‘zimizni ovutganday bo‘lamiz. Nega halollikdan bu qadar qo‘rqamiz? Nahotki, halol yashash shuncha qiyin bo‘lsa?