Assalomu alaykum
Mandat chiqgan kuni yozishga qo'lim tegmadi, ertasi kuniyoq dam olishga ketib qolgandik, u yerda internet antenna chiqmay netga kirish ham qiyinroq bo'ldi bo'lmasam o'sha kuniyoq xabardor qilardim...
Xullas 15-kuni soat kechki 11da xabar keldi mandat chiqibdi deb.O'zimga sig'may ketyapman nima bo'ldiykin kirdimmi kirmadimmi degan xayollar... Kechasi borgani qo'yishmadi. Eertalab 5dan o'tib institutga bordik. Akam eng avval byudjetlarni ko'rchi dedilar. Rosa qidiraman shekilli deb o'ylagandim. Shundoq qaradim-u... Atigi 2-3soniya ketdi o'zimni raqamimni topishimga
Alhamdulillah, ro'yxatda 2-bo'lib turgan ekanman. Byudjet!!! 207,5ball
Ana boshlandi xursandchilik, ko'z yoshlar
Shu bilan endi vaqt topdim xursandchiligimni sizlar bilan bo'lishishga)