— Ey Abdulmuttalib, bular sira ham uydirma emas. Diniy kitoblarda yozilgan... — Rohibning gapi og‘zida, ko‘zlari birdan hozirgina kelgan bolaga qadalgan edi. Diqqat bilan kuzatdi. Kuzlari, qo‘llari, oyoqlari, badaniga sinchiklab qaradi.
— Bu kimning bolasi, ey Abdulmuttalib? — dedi.
— Mening o‘g‘lim.
— Bo‘lishi mumkin emas aslo.
— Nega endi?
Rohib juda sekin ovoz bilan pichirladi. Xuddi gapini bola eshitishini xohlamayotganga o‘xshardi.
— Chunki bu bolaning otasi o‘lgan bo‘lishi kerak.
— Nega shunday deb o‘ylaysan?
— Menga qara, ey Abdulmuttalib, bu bola senga boyadan beri gapirayotgan payg‘ambarning sifatlariga ega. Sen uning otasi ekanligingni aytding. Holbuki, bizning diniy kitoblarda yozilishiga qaraganda, bu bola yetim bo‘lishi kerak edi. Sen uning otasi bo‘lishing mumkin emas.
Abdulmuttalib uning so‘zlarini tasdiqladi.
— To‘g‘ri ganirasai. Haqiqatdan ham bu bolaning otasi, ya’ni mening o‘g‘lim, hali u tug‘ilmasdan oldin vafot etgan edi. Men bobosiman. Ammo o‘z o‘g‘limdan ham ortiq ko‘raman uni. U ko‘zimning oqu qorasidir.
— Endi o‘zingga kelding, ey Abdulmuttalib. Ammo bu bolani ehtiyot qilishing lozim. Yahudiylar uni ko‘rarko‘rmas taniydilar. Bilib qolsalar, biron zarar yetkazishlari ehtimoldan xoli emas.
Bu so‘zlar Abdulmuttalibni nevarasiga yana ham qattiqroq bog‘lab qo‘ydi.
Abdulmuttalib hayotining so‘nggi kunlarini yashayotganini chuqur his etardi. Zamondoshlari havas qilsa arzigudek bir umr kechirgan edi u.
Har kimga yaxshi muomalada bo‘ldi, kattakichik barchaning hurmatini qozondi. Faqirlarni to‘yg‘azdi, bevalar, yetimlarga yordam qo‘lini cho‘zdi, umr bo‘yi biron marta ham zinoga yaqinlashmadi, yaqinlashganlarni ham xush ko‘rmadi.
Ichkilikni yoqtirmasdi. Chunki ichkilik ichuvchilarning qanday sharmandali ahvolga tushganlariga ko‘p guvoh bo‘lgan. Bunday qabohat ishlarga sira ham toqati yo‘q, viqor va odob egasi edi. Makkaning hokimi sifatida, o‘g‘rilik kilganlarning ko‘llarini kestirar, qo‘lidan kelgancha, qiz bolalarning o‘ldirilishiga to‘sqinlik qilar edi. Yomonlik qilgan kimsa qo‘lga tushsa, qamchi bilan savalardi. Oxiratga ishonar, Ollohning borligi, qudratli va buyukligiga shubha qilmas edi. O’z zamonida keng tarqalgan butlarga sig‘ingansig‘inmagani esa, bizga qorong‘i.
Ramazon oyi kelgan kuni oziqovqat olib, Makkaga yaqin Xiro tog‘iga chiqib ketar, u yerda yolg‘iz qolib, o‘zicha ibodat etar, o‘yxayolga tolar edi. Bu ishni ilk marotaba u qilgan, shundan keyin tarkidunyochilik odatini xush ko‘ruvchilar paydo bo‘ldi, xalkning shovqinsuronli hayotidan chekilib, bu tog‘da bir oy davomida yolg‘iz yashashga havasmandlar ko‘paydi. U yerda qanday ibodat qilingani esa, yana bizga noma’lum.
U haqda tadqikotchi Ko‘ksol «Uzun bo‘yli, yoqimli, sabrli, aqlli, tarbiyali, dunyoqarashi keng, sarvqomat, mard va saxiy kishi edi», deb ma’lumot beradi.
Makkaliklar uni «Ikkinchi Ibrohim» derdilar. Barcha arablarning Payg‘ambar Ibrohim alayhissalomga bo‘lgan chuqur hurmatlarini nazarga olsak, makkaliklarning Abdulmuttalibga qay darajada hurmatehtirom ko‘rsatganliklarini tasavvur etishimiz qiyin bo‘lmaydi.