4. Bola ko'proq harakatlanishiga imkon bering - agar ko'chada istagancha yugurishning iloji bo'lmasa, hatto uy tartibsiz holatga kelsa ham, uyda sho'xlik qilsin. Uyni keyin yig'ishtirish mumkin, bola esa yig'ilib qolgan energiyani chiqarib tashlaydi, shu jumladan salbiysini ham, va yangi ijobiy quvvatga to'yinadi. Shuningdek, kunduzgi jismoniy faollik tunda yaxshi uxlashiga va, umuman olganda, har qanday maktab stresslari va yuklamalariga qarshi mustahkam va chidamli bo'lishiga yordam beradi.
5. Dam olish va ta'til kunlarida bola uchun to'laqonli hordiqni tashkil eting. To'laqonli hordiq degani - bu faol, ya'ni televizor yoki kompyuter oldida o'tmaydigan hordiq degani. Do'stlar bilan tabiat qo'ynida dam olish yoki maktabdagidan farq qiluvchi boshqa faoliyat turlarini o'zlashtirish (masalan, sportning yangi turi, kashtachilik, duradgorlik va hokazolar) orqali maktab yuklamalaridan chalg'ish mumkin.
Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilish maktab o'quvchisiga maktab yuklamalarini osonroq yengib o'tishga, o'quv dasturini yaxshiroq o'zlashtirishga, ota-onalarga esa o'zlarining sevimli farzandlari uchun xotirjam bo'lishga imkon beradi.
znaikak.ru