Qo'shni xolani darvoza tepasidagi gullar. Bunday gulni birinchi marta ko'rib turishim, urug'idan olsammi deyabman...
Assalomu alekum juda 4iroyli gullar ekan nomi nima ekan ?
O'zbekcha nomi "Pushtiquloq", fanda "Crivea" deyiladi. Asosan Turkiya janubida ko'p uchraydi, ko'p yillik o'simlik, buta shaklida o'sadi, ko'p yerlarda zich o'stirib devor sifatida ham foydalanishadi. Gullaganda juda chiroyli bo'lib ketadi. Suvidan tibbiyotda foydalanishadi. Ayniqsa erta bahorgi shirasi juda foydali. Quloq, burun, tomoq og'riganda bargini og'rigan joyga bostirsa tezda og'riq qoladi. Shirasidan tayyorlangan malham oshqozon-ichak faoliyatiga yaxshi ta'sir qiladi. Qorindagi yig'ilgan damni juda tez va osonlik bilan ketkizadi. Qorinda yig'ilsa dam, pushtiquloq sizga hamdam.
Hazillashdim, bilmayman bu qanaqa o'simlik ekanini