Umumiy bo'lim > Umumiy

Yordamingiz kerak! Yordam beramiz!

(1/163) > >>

Muslima_subh:
Assalomu alaykum!
Ushbu mavzu orqali bir-birimizga yordam beramiz!
Komputer sohasidami, ish sohasidami, internet va boshqa mavzularda, bilmagan savollaringizni shu mavzuda qoldiring.
Bilganlar bilmaganlarga javob beradilar.
Yordam berishga qodirlar yordam istaganlarning hajatini chiqaradilar.

Yordamlashishga shohiling.

Bilmaganni so'rab, o'rgangan - olim,
Orlanib so'ramagan - o'ziga zolim, - degan edilar Navoiy hazratlari.

Shunday ekan, bilmasangiz, so'rang. Yordam beramiz!

AbdulAziz:
Assalomu alaykum!
Ziyo Uz forumida Ramazon oyi munosabati bilan xayrli ishga qo'l urilmoqda.
Ushbu yumushda hamkorlikka chaqiramiz.

Maslak: Islomiy kitoblarni forumga joylash.
Maqsad: Birodarlarimizga Islomni tushuntirish.
Ishtirokchilar: Bunda har bir forum a'zosi ishtirok etishi mumkin.
Tartib: Islomiy kitoblar bo'limiga ma'lum mavzu bo'yicha kitoblar kiritiladi.
Mas'ul: Birodarim Doniyorni ushbu ishga mas'ul etib tayinladim. U bilan ham maslahat qilsangiz bo'ladi.
Kitoblar: Hozircha ushbu kitoblarni kiritishni boshlaymiz:
     - Al-jome' as-sahih. Al-Buxoriy
     - Al-Azkor. Al-faqih an-Navaviy
     - Islom ensiklopediyasi.
     - Payg'ambarlar tarixi.
Agar sizlarda boshqa kitoblar bo'lsa taklif qilishingiz mumkin. Yuqoridagi kitoblarni tayyorlash va forumda chop etishga ko'maklashuvchilarni AbdulAziz va Doniyor bilan bog'lanishlarini so'raymiz.

Alloh barchamizdan rozi bo'lsin!

Doniyor:
Assalomu alaykum!
Tashakkur, Judayam xayrli tadbir bo'libdi. Boshqa birodarlarimiz ham ishtirok etishsa yaxshi bo'lardi.
    - Al-Azkor kitonining davomini kiritishga talabgorlar bo'lsa, marhamat.
    - Sahihi Buxoriy ham davom etmoqda. Muslimasubh va Laylo Sahihi Buxoriyga yordam berishyapti.

shoir:
Assalomu alaykum!
Juda yaxshi taklif bo'libdi.
Savobga men ham sherik bo'lay.
Menga nima xizmatlar?

Nodi:
Assalamu alaykum!
Manga ham biron qismini bersangiz, albatta chiroyli qilib joylashga harakat qilaman.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version