Assalomu Alaykum.
8 turning natijalarini ko'rib, taajublandim.
1 savol haqida fikr yuritmoqchiman.
Meni fikrimcha, to'g'ri javob e) Barcha javoblar to'g'ri.
Izoh: Ko'p izlandim ushbu savol ustida. Boshida to'g'risi aytaman, A variantini tanlagan edim Hadis va Hayotni o'qib turib. Lekin boshqa kitoblarni o'qib fikrimdan qaytdim. Keyin fikr yuritdim ozgina, boshqa variantlardagi insonlar, ya'ni Zayd ibn Horisa, Ja’far ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Ravohalar ham Rumliklar tomonidan o'ldirilgan. Mantiqan olib qaralsa, barcha javoblar to'g'ri ekan degan fikr tug'ilishi tabiiy. Savol tuzuvchi birodarimiz nimani nazarda tutib Ja'far ibn Abu Tolib deganlar, bilmadim. Vaholanki Abdulloh ibn Ravoha ham, Zayd ibn Horisa ham Nabiy (SAV) ga yaqin insonlar edi.
Meni fikrim shu. Yana tug'ilib qolsa, yozaman.