Assalomu alaykum
Kapalak opa, Alloh sizdan rozi bo'lsin, boshingizdan savoblar yog'dirsin!!!
Savolim: Amerikaga yoki boshqa joylarga borish uchun o'zbek yoshlari( ko'pincha) har xil muddatga grandlar yutib olishadi. Shunday grandlar Turkiyaga ham yo'qmi?
Asl maqsadim Turkiyaga borish bu savoldan.
Yana bir savol: Turkiya mehmonxonalari haqida ma'lumot bersangiz. Siz qaysi mehmonxonalarni tavsiya qilasiz? Narxlari qanday? Inshaallah agar imkoniyat yopsam albatta boraman!
OFF: O'zbekistonga qachon kelasiz?
Grand mavzusiga kelsak, O'zbekiston bilan Turkiya orasida "sovuq shamollar esgani" uchun bo'lmasa kerak,deb o'ylayman. Chunki shu kungacha eshitmadim.
Masalan Turkiyaning YO'S degan chet ellik (Turkiyaga nisbatan) abituriyentlar uchun imtihoni bor. Bu Turkiy Jumhuriyatlar orasida faqat O'zbekistonda yo'q. Aslida Turkiya Elchixonasidan olgan xabarimga ko'ra imtihon o'tkazish uchun hamma narsa bor, lekin aytganimday bizda ruhsat yo'q. Turkiyada o'qimoqchi bo'lganlar esa bu imtihonga Turkiyaga kelib kiradi. Juda ko'pchilik shu imtihonni qozonib o'qiyabdi...
Mehmonxonalarga kelsak, pulingizga qarab tanlayverasiz. Hatto bizdan ancha arzon. Masalan Toshkentdagi 4-5 yulduzli otellardan sharoiti yaxshi bo'lsada arzon mehmonxonalar bisyor. Buning asosiy sababi raqobat.
Mana bu adresdan mehmonxonalar haqida ma'lumot olishingiz mumkin:
http://www.otelrehberim.com/OFF'ga javob: Nasib bo'lsa kelgusi yilga, kichkina biroz katta bo'lib, kuchga to'lsin