Assalamu alaykum forumdosh birodarlar. Sizlarga bir taklifim bor edi. Alloh yo'lida ozgina vaqt ajratib o'zingiz bilgan (mahallangizdagi yoki boshqa...) biror masjid haqida ma'lumot yozib qoldirsangiz. Ba'zan dunyo ishlari bilan yurib namoz vaqti yaqinlashganda masjid qidirib qolamiz. Ana shunday paytda bunday ma'lumot juda asqotadi. (eng kamida) 3ta savolga javob bersangiz kifoya:
1. Masjidning nomi nima?
2. Masjid qayerda joylashgan? (adresi)
3. Masjidga qanday borish mumkin? (Istashangiz xaritasini ko'rsating)