Svet o'chib qolganida shamning shulasida hayolga berilib o'tirishning ham o'ziga yarasha gashti bor ekan
shamga qarab o'tirsangiz hayotning ko'p ibratlarini o'zingizda his qilarkansiz
- sham yonadi, yonadi, alangalanadi va bir vaqt kelib so'nishga o'tmishga aylanishga mahkum, ming harakatda bo'lganimiz bilan bir kun kelib o'tmishga aylanishimiz turgan gap, shundy ekan umrimiz davomida sham kabi ziyo tarataoldikmikan, xech bo'lmasa ozroq nur sochib bir adashganga yo'l ko'rsatish, hech bo'lmasa o'zimizni adashishdan saqlay oldikmikna
- yorug'lik chekinganda, zimiston tun atrofni qurshab olganida shamga extiyoj sezrkanmiz, qolgan vaqtlarda bechora shamni nazarimizgada ilmas ekanmiz, qachonki unga xizmatimiz tushgandagina uni alohida kursiga o'tqazib, dasturxinimiz o'rtasiga qo'yib termilamiz ekan, keraksiz bo'lganida javonda chang bostirib tashlab qo'yarkanmiz, kerak bo'lib qolsachi ezozlab xatto alohida joy berib unga diqqat bilan razm solib o'tiramiz, yorug'ligidan bahramand bo'lib
- Shamning yana o'ziga xos tomoni, uning shulasi ko'p narsalarni o'ziga maftun qilib qo'yarkan, bir kapalak keldida atrofida parvona bo'ldi, aylandi - aylandi o'zini shu cho'g'ga urib qulab tushdi, tanasini kuydirib oldi, yarador bo'lganligini ko'rib uning xato qilayotganligini anglashimiz xamin qadar osson-u, ammo, Dunyoning shulasida aylanib - aylanib uning alangasiga o'zimizni urayotganligimizni va buning natijasida nafaqat vujudimizni balki oxiratimizni kuydirib qo'yish xavfi yotganini anglashimiz juda qiyin ekan.
Birgina shamdan shuncha fikr shuncha mulohaza olish mumkin ekan
Svetning o'chgani bor yo'g'i 20 minut davom etdi, lekin shu yigirma minutda anchagina muloxaza qilishga ulgurdik, ammo ushbu mulohazalarimiz dunyoning jilvasida xotiramizdan faromush bo'lib ketmasmikan