ISLOM ODOBIGA KO’RA KECHIRIMLILIK VA UNING SOG’LIKKA FOYDASI
Qur’onda tavsiya etilgan o‘ziga xos odoblardan biri kechirimlilikdir:
Afvni (qabul qilib) oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o‘giring! («A’rof» surasi, 199-oyat)
Boshqa bir oyatda esa Alloh shunday amr etadi: «... balki ularni afv qilib, kechirsinlar! Alloh sizlarni mag‘firat qilishini istamaysizmi?! Alloh mag‘firatli va rahmlidir.» («Nur» surasi, 22-oyat)
Qur’onning axloqiy qadriyatlariga amal qilmaydigan kimsalar o‘zgalarni kechirishda juda qiyinchilik sezadilar. Chunki ular sodir etilgan har qanday xatodan so‘zsiz g‘azablanib ketadilar. Biroq Alloh o‘ziga sodiq imonli bandalariga kechirimlilik o‘rinli ekanligi haqidamaslahatberadi:
(Har qanday) yomonlikning jazosi xuddi o‘ziga o‘xshash yomonlikdir. Bas, kimki afv etib (o‘rtani) tuzatsa, bas, uning mukofoti Allohning zimmasidadir ... («Sho‘ro» surasi, 40-oyat)
... Agar sizlar (ularni) afv etsangiz, koyimasangiz va kechirsangiz, u holda, albatta, Alloh (ham sizlarga nisbatan) mag‘firatli va rahmlidir. («Tag‘obun» surasi, 14-oyat)
Qur’onda yana shu narsa vahiy qilinganki, kechirimlilik - bu oliy axloqiy xislatdir: «Albatta, kimki (aziyatlarga) sabr qilsa va (Alloh uchun) kechirib yuborsa, albatta, bu puxta ishlardandir.» («Sho‘ro» surasi, 43-oyat). Shu sababdan dinga e’tiqod qiluvchilar kechirimli, rahmli va bardoshli insonlar bo‘lib, Qur’onda vahiy qilinganidek, ular «g‘azablarini yutadigan, odamlarni (xato va kamchiliklarini) afv etadiganlardir.» («Oli Imron» surasi, 134-oyat)
Dinga ishonuvchilarning kechirimlilik haqidagi tushunchasi Qur’on odob-axloqqoidalari asosida yashamaydigan odamlarnikiga nisbatan juda katta farq qiladi. Hattoki ko‘pchilik odamlar o‘zlarini xafa qilgan kishini «kechirdim» deb aytishlari mumkin-u, biroq shunday bo‘lsa ham, ular o‘z yuraklaridagi nafrat va g‘azabdan uzoq vaqt davomida qutula olmay yuradilar. Ularning xulqi bu g‘azabni ifoda etishga moyildir. Aksincha, dinga ishonuvchilarning kechirimliligi samimiy bo‘ladi. Chunki ishonuvchilar inson zoti bu dunyoda bir sinov ekanligini va ular o‘z xatolaridan o‘rga-nishini, ular o‘zlarining bardoshli va rahmli ekanliklarini biladilar. Bundan tashqari, ishonuvchilar hatto o‘zlari haq, boshqalar esa nohaq bo‘lgan paytlarda ham kechirib yuborish xislatiga egadirlar. Kechirayotgan paytda ular katta va kichik xatolar o‘rtasidagi farqqa e’tibor bermaydilar. Kimdir xato qilib, ularga katta talafot yetkazishi mumkin. Biroq ishonuvchilar hamma narsa Allohning amri va ma’lum bir taqdir taqozosi bilan sodir bo‘lishini biladilar va shuning uchun ham ular bunday holatlarda jahlga yon bermasdan, o‘zlarini qo‘lga ola biladilar.