kitoblarda yozilgan lekin keng qilib yozilmagan.internetda faqat shayx xazratlariga savol bersa bo'ladi boshqa xech kim yo'q savol berishga menimcha.shayx xazratlarining vaqdini olmay deyapman.undan boshqa savollar.islom.uz dan ro'yxatdan o'tib bo'lmayabdi.agar xech kim bilmasa shayx xazratlariga beraman.axir bu narsalar juda muxum emasmi xar kuni 5 marta yo'liqamiz shu xolatga.aniq bilish kerak.
Do'stim bu bilmaydigan, qiyin masala emas. Muammo sizga tushuntira olmayayotganimizda. Bunday oddiy savollar bilan Hazratni bezovta qilmaganingiz ma'qul.
Oddiy narsa, nega tushunmayapsiz hayronman...
Ikki tomonga salom bergandan keyin, 3 marta "astag'firulloh"ni aytasiz.
Keyin "Allohumma antas salam..."ni aytasiz.
Qo'lingizni yuzingizga surasiz.
"A'uzu billahi"ni aytasiz
"Bismillahi"ni aytasiz
"Oyatul kursiy" (Baqara 255-oyat)ni o'qiysiz.
Keyin 33 marta "Subhanalloh", 33 marta "Alhamdulillah", 33 marta "Allohu akbar"ni aytasiz. 99ta bo'ladi.
100-siga "Ashhadu allaa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lah. Lahul mulku va lahul hamd. Va huva a'la kulli shayin qodir" deysiz.
Keyin qo'l ko'tarib duo qilasiz, so'ng qo'lizni yuzizga surtasiz.
O'ylaymanki tushunarli bo'ldi...