Ayniqsa, Asaka va Mingtepa chegaralarida shiddatli janglar bo`lib o`tadi. Qo`qon xonligi tarkibida bo`lgan Mingtepada ham xonga va shuningdek rus bosqinchilariga qarshi xarakatlar avj olib borayotgan edi.
Vatanini, xalqini ruslar bosqinidan saqlab qolish uchun mingtepaliklar 1876 yil 18 yanvar kuni ruslarning 2-rota piyoda askar, 240 ta otliq, 500 kazak, raketa batareyasi va 4 to`p bilan Asaka shaxri, shuningdek, Mingtepa chegaralari ham o`qqa tutiladi va vayronaga aylantiriladi. Shu erda qarshi xarakatlarni olib borayotgan qo`zg`olon raxbarlari Abduraxmon Oftobachi, Botir To`ra, Isfandiyor, Normuxammad dodxoxlar bunday vaxshiylikdan daxshatga tushib, taslim bo`ladilar. Natijada Andijon, shuningdek Mingtepa ham imperiya mustamlakasiga aylanadi.
1876 yil 2 fevral kuni Po`latxon Uchqo`rg`onda mag`lubiyatga uchrab, butunlay tor-mor etiladi va qo`lga tushadi. Uni tutib bergan shaxs Mingtepalik bo`lib, bu xaqda Muxammad Aziz Marg`iloniy o`z asarida yozgan «Va lekin, Mingtepalik Shoxmirzo dodxoqni «Sen o`risga xat chiqarding» deb, Fo`ladxon so`yib tamomlagan edi. Ushbu maxtulning o`g`li Abduqaxxor Mirzo: Fo`ladxonni ushlab, otamni qasosini ololmadim» - deb ko`nglida armon ko`p erdi. Fo`ladxon tog` xonorlarida yolg`iz ochuzor yotgan maxalda Abdulqaxxor Mirzo bo`lak Qirg`iziyalardan eshitib, o`risdan ruxsat olib, 5-10 nafar odam ergashtirib borib, Fo`ladxonni ushlab kelib, general Skobelevga topshirdi. Bu qilgan ishi uchun o`zini Mingtepa yurtida mingboshi qildi.
1876 yil 8 fevral kuni Xudoyorxonni o`rniga taxtga o`tirgan Nasriddinxon tislim bo`lgach, butun xonlik Chor imperiyasi ixtiyoriga o`tadi. 1876 yil 15 fevralØ kuni Kolpokovskiy Qo`qon shaxriga kirib keladi va butun Qo`qon ahliga xonlik tugatilganligini e`lon qiladi.
Mustamlakachilar maxalliy xalqning urf-odatlari, qadimgi an`anaviy xududiy bo`linmalariga e`tibor qilmasdan, o`zlari xoxlagan tartibda viloyat xududini bo`limlarga ajratib tashladi. Viloyat uezdlarga, volostlar, qishloq va ovullarga ajratildi.