Men yaqindan taniygan ikki ayol- biri onam, biri qaynonam. Men yuqoridagi fikrlarimni ularni eslab yozgandim.
Onam, ah onaginam, esimni taniganimdan beri bir marotaba dadamdan beruhsat bir narsa olmaganlar na ustilariga, na qorinlariga. Har doim aytardilar: bola chaqam yonimda bo'lmagan payt og'zimga bir narsa solsam, xuddi tiqilib qoladiganday bo'laveraman. Sizlarsiz hech narsani mazasi yo'q. Qizim yoki o'g'limni kamchiligini o'ylab uyqularim qochdi, deganlarini ko'p eslayman.
Qaynonamlarchi? U kishiga pul bergandik oyligimizdan, talaba qaynimni cho'ntagiga solibdilar, sen begona yurtdasan bolam, deb.
Dadam ham maosh olib kelgan kunlari ayamga berardilar, cho'ntaklarida keragidan ortiqcha pul olib yurganliklarini (berkitishlar aslo xayolimga kelmas) hech ko'rmaganman oilani katta qizi sifatida.
Qaynotam bir tiyin topsalar ham qaynonam bilan baham ko'radilar, kelajakka doir, farzandlarini iqboliga sarflash uchun rejalar qiladilar.Agar ular er-xotin shunday bo'lishmaganda bir o'qituvchi maoshi bilan Turkiyada 3 farzandni unv-da o'qitish juda qiyin. Oilani barokati- er-xotinni birbiriga bo'lgan ishonchida, deb bilaman.
Men ho'jayinimni maoshlarini omonat deb bilaman. Zotan kasblari osonmas, kechalari kunduzlari aralash, uyqusiz, peshona terilari bilan topgan pullarini men qanday qilib u kishi rozi bo'lmasdan sarf qilay, uyalaman...qul haqqi bu...
Har kim o'zidan chiqib javob beradi, albatta.
Bazi erlar bor, ayoli zoriqib turganda ham olmaydi o'sha buyumni, ayol nima qilsin?
To'qlikka sho'xlik qilgan ayollarga esa aytagigan gapim: Olloh iymon, insof bersin...