ibnUyayna, bu yerdagi vaziyatni bilmasdan boshqa joy bilan taqqoslash mumkin emas.
Nuriddinning gaplarida jon bor. O'zim nashriyot sohasida ishlaganim uchun vaziyatni bilaman. Ayni paytda qog'zoning narxi oshsa oshyaptiki, aslo tushgani yo'q. Sizga ma'lumki, O'zbekistonda qog'oz ishlab chiqarilmaydi. Asosan, Rossiya, Finlandiyadan valyutaga olib kelinadi.
Shayxning kitoblari esa asosan sifatli qog'ozlarda sifatli bosma usulida chop etiladi. Uning narxi esa chop etilayotgan nusxaning ko'pligi uchun boshqalarga qaraganda nisbatan arzon. Ma'lumkin, tiraj qancha ko'p bo'lsa, tannarx shuncha kam bo'ladi. Shuning uchun 1000 nusxali kitob bilan 100000 nusxali kitobni taqqoslab bo'lmaydi. Masalan, Shayxning yaqinda chop etilgan "Ixtiloflar, sabablar, yechimlar" kitobi 320 betdan iborat. 1-qo'l bahosi 6800 bo'lgan. Agar, xuddi shunday kitobni 1000 nusxada chiqarsangiz, uning tanarxi 9000 so'm bo'ladi. Tiraj oshgani sayin tannarx kamayadi (chunki, 1000 nusxagayam, 10000 nusxagayam, elektron maket, texnik maket bir xil bo'ladi).
ZeroHero aytgandek, ba'zi "tadbirkorlar" ham yo'q emas. Ular shunday yaxshi ketayotgan kitoblarni avvaldan sotib olib, sotuvda tugagandan so'ng, sun'iy ravishda narxni oshirishadi.
Siddiqaning gapida ham jon bor. Sotuvchi o'ziga kelgan narxga muvofiq baho qo'yadi. Masalan, men ham xuddi shu "Ixtiloflar, sabablar, yechimlar" kitobini bir kitob sotuvchi do'stimdan u o'zi sotib olgan narx - 11000 so'mdan sotib oldim.
Nuriddin aytgandek, agar talab bo'lsa, sotib oluvchi uchun narxining ahamiyati pasayadi.
Bunday gap-so'zlar chiqmasligining yaxshi yaxshi yo'li, kitoblar chiqishi bilan birinchi qo'ldan sotib olish. Habib avvalgi sahifada ularning manzil va raqamlarini keltirdi.
Umuman olganda agar kitoblar birinchi qo'ldan sotib olinsa, kitobni qadrlagan odam uchun unchalik qimmat emas. Asosiysi, shunday kitoblarning chiqayotganligi va xalqqa yetib borayotganligi...