Anako’nda - Xavfli ilon turi yoki, ba’zi qaynonalarga beriladigan nom.
Qalam - O’quv quroli yoki, shoirning o’tkir quroli.
Somsa - Tansiq taom yoki, yeyilmasdan puli to’lanadigan taom.
Yer - Ona yerimiz yoki, odamni unga uramiz.
Ko’rpa - Karavatning bezagi yoki, burgaga achchiq qilib yondiriladigan jihoz.
Turshak - Quruq meva yoki, haqoratlovchi so’z.
Dard - Kasallik yoki, ko’payib ketganida, dasturxonga tortiladigan "œyegulik".
Internet - O’rgimchak to’ri yoki, kitobga dushman bo’lgan tarmoq.
Chuchvara - Tansiq taom yoki, pishganidan so’ng sanaladigan taom.
O’pka - Ichki organlardan biri yoki, hovliqma odamlarda yo’q a’zo.
Xo’roz - Parranda yoki, "œmen qichqirmasam tong otmaydi" deb o’ylaydigan manman.
Etik - Poyabzal turi yoki, ba’zi odamlarda uning faqat bir donasi kiyiladi.
Nasihat - Bugungi kunda eng ko’p aytiladigan va eng kam amal qilinadiagan gap.
Do’ppi - "œKepka"ning kelishi sharofati bilan osmonga otib yuborilgan boshkiyim.
Student — Kechagi kunning "œTemir odam"i.
Oylik chipta - "œKonduktorni", "œ qon doktor" ga aylantiradigan yo’lxaqqi to’lovi .
Hol - So’z turkumli yoki, ishi o’xshamaganlar tushiradigan "œtamg’a".
Tovuq - Ham donni, ham suvni bir vaqtda talab qiladigan "œkamtar".
"œSo’tka"- O’quvchilar uchun havodek zarur bo’lgan aloqa manbasi.
Do’st - Dushmandan farqli o’laroq, boshga qaraydigan "œfidoiy".
Ashulachi - Ovozi eng baquvvat inson-u, ammo unga to’y yetishmaydi"¦
Beshik - "œ Chaqaloq" deb nomlangan studiya, madhiyasi "œalla".