928. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir janoza paytida qo'llariga bir narsa olib tuproqni titdilar va: "Sizlardan har biringazning do'zahdan va jan-natdan joyi hozirlangan", dedilar. Sahobiylar: "Ey, Rasululloh, biz taqtsirimizga ishonib amalni tark etamizmi?" - deb so'radilar. Ul zot: "Amal kdling, zero har kim o'z xilqatiga moyil qilib qo'yi-ladi". Yana dedilar: "Kimki saodat ahlidan bo'lsa, unga saodat amallari osonlashtirib qo'yiladi, kimki badbaxtlardan bo'lsa, unga badbaxtlik ishlari oson kdlib qo'yiladi". So'ng ushbu oyatlarni o'qidilar: "Bas, kimki (zakot va sadaqotlarni) bersa, va (Allohdan) qo'rqsa, hamda go'zal (narsa)ni tasdiq eda, bas, unga osonlikni muyassar qilurmiz" (92:5-7).
Har kim o'z xilqatiga moyil qilib qo'yiladi; ya'ni taqdirida jannatiyligi bitilgan bo'lsa, saodat yo'li, do'zaxiyligi bitilgan bo'lsa zalolat va sharorat yo'liga solinadi.