Necha yil yotdik jaholat loyig’a botgancha biz,
Siz jaholatdan chiqib, yaxshi yamonni o’rganing.
Na halolu na haromning, farqiga bormay hanuz
Yamlamay yutdik haromni, chin halolni o’rganing.
Yoshimiz bir joyga yetdi, qalbda yo’qdir hech nima,
Bir savob ish qilmadik, endi savobni o’rganing.
Na tahoratni bilurmiz, na namozu ro’zani,
Qo’ymadik jsajdaga bosh, endi namozni o’rganing.
Yaxshi o’ylar qayga ketdi, oqibat birla vafo,
Chunki bizda qolmadi ul nuri imon, o’rganing.
Ertayu kech da’vati Islomni qilgin, Fozilo,
Ta’nalar kelsa boshingga, ayla bardosh, o’rganing.
Fozil qori Yosin qori o’g’li