Turkiyaning TRT AVAZ degan yangi kanali 1 yil oldin ochilgandi. Butun dunyodagi Turkiylar yashaydigan hamma joyda bu kanal ko'rsatiladi. Shu kanalda yaqinda "Nortoy" degan filmidan parcha tomosha qildim. Chunki ko'p tomosha qilishga sabrim yetmadi...Qaysidir ashula gruppasi ham o'ynagan. Kino O'zbekcha pastda Turk tilidagi tarjimasi berib borilayotgandi. Kinoda asosan Toshkent shevasi ishlatilgan, xazil-xuzullar ham hammasi argo..Adabiy tildan asar yo'q! Hayron qoldim, namuncha bu kinolarni saviyasi tushib ketibdi, deb...
Achingan joyim 250 milliyonga yaqin bu kinoni ko'rgan insonlar O'zbeklarni shunday deb o'ylashlari edi. Bizni ham ma'noli kinolarimiz ko'p, lekin ularni reklamasini hech kim qilmagani uchun shunday "yengil" kinolar butun dunyoga namoyish etilyabdi afsus....